O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Konstitutsiyaning 23 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
Joriy yilning 11 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zR MDAning hodimlari, “O'zarxiv” agentligi vakillari, O'zbekiston Milliy Universiteti talabalari hamda Toshkent Davlat Yuridik Universiteti mutaxassisi hamda ommaviy ahborot hodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni o'zining tabrik nutqi bilan O'zR MDA direktori ochib berdi, hamda ushbu tadbirni qo'shaloq bayram ekanligini, ya'ni ushbu bayram munosabati bilan “Tarix ko'zgusi” deb nomlanuvchi “Rejalashtirish va tashkiliy-metodik ishlar bo'limi” hodimlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-ommabop risolaning chop etilganligini ta'kidlab o'tdilar.
Tadbir davomida “O'zarxiv” agentligi bo'lim boshlig'i A.Aliev hamda Toshkent Davlat Yuridik Universiteti mutaxassisi Konstitutsiyamizning jamiyat hayotidagi o'rni, inson manfaatlarini e'tirof etishda ahamiyati xususida so'zlab o'tdilar. Shuningdek “O'zarxiv” agentligi bo'lim boshlig'i A.Aliev “Arxivlar faoliyati va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hususida” alohida to'xtalib o'tdi. Shuningdek Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Tarix ko'zgusi” deb nomlanuvchi ilmiy-ommabop risolaning taqdimoti “Hujjatlarni jamlash, idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish” bo'limi mudiri tomonidan barchaga taqdim etilib, namoyish qilindi. Tadbirning so'nggida risolaning taqdimoti hususida ommaviy axborot vakillari o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o'tishdi.