O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Korrupsiya tushunchasi, uning illatlarini oldini olishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25 noyabrida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining 2016-2017 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amaliy harakatlar kompleks rejasi” ijrosi doirasida arxiv xodimlari bilan mutaxassislar ishtirokida “Korrupsiya tushunchasi, uning illatlarini oldini olishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori O.M.Mahkamov tomonidan korrupsiya tushunchasiga atroflicha ta’rif berildi, uni vjudga kelishiga sabab bo‘luvchi shart-sharoitlar tushuntiribldi. Bu sohaga oid milliy qonunchiligimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hamda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etildi. Jumladan, uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Suhbat yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Uchrashuv arxiv xodimlarida ijobiy taassurotlar qoldirdi.
Agentlik Axborot xizmati


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi