O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida respublika arxiv muassasalarining axborot xavfsizligiga mas'ul xodimlari uchun 3 kunlik o'quv kursi tashkil etildi...
2015 yil 3-5 sentyabr kunlari “O'zarxiv” agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida respublika arxiv muassasalari xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to'g'risida”gi Qonuni va axborot tizimlari, resurslari xavfsizligi talablarini ta'minlash hamda “Axborot xavfsizligi siyosatini joriy etish” mavzusida 3 kunlik o'quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o'quv kursida O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi xududiy boshqarmalarining axborot xavfsizligiga ma'sul xodimlar qatnashdilar.