O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Respublikamiz Mustaqilligining 24 yillik bayramini nishonlash maqsadida “O'zbekiston kecha va bugun” mavzusidagi tadbir o'tkazildi...
Joriy yilning 7 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish to'g'risidagi” PQ-2371-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “O'zbekiston kecha va bugun” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Ushbu tadbirda “O'zarxiv” agentligi vakillari, markaziy davlat arxivlari xodimlari, arxiv faxriylari, O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat targ'ibot markazi vakili, Toshkent shaxar I-pedagogika kolleji o'quvchilari hamda barcha xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida arxiv xodimlarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini va sohaga oid bilimlarini oshirish hamda yurtimiz mustaqilligining 24 yilligini munosib nishonlash maqsadida arxiv yoshlari o'rtasida “Mustaqillik mening taqdirim” mavzuiga bag'ishlangan tanlov hamda kollej o'quvchilari o'rtasida “Yurtim bag'ri uzra” sarlavhasida bahs va munozaralar, savol-javoblar o'tkazildi.