O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida tibbiyot tarixiga doir shaxsiy fondlar ko'paymoqda

O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida taniqli olimlar va shaxslarning ko'plab shaxsiy fondlari saqlanib kelinmoqda. Shular qatorida Tibbiyot faxriysi, 1-darajali “Sog'lom avlod” ordeni sovrindori, olima Naima Maxmudovna Maxmudovaning xayot faoliyatiga oid tibbiyot soxasidagi ilmiy ishlari jamuljam etilgan fond ham mavjud. Bular qatorida olimaning ilmiy izlanishlari, dissertatsiyalari, maqolalari, nevropatologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya yo'nalishlariga oid ko'plab hujjatlar mavjud. Naima Maxmudova fondining hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, olima tuman miqyosida bolalarga kasallikning oldini olish maqsadida qilinadigan maxsus emlash ishlarini birinchilardan joriy qilgan tibbiyot xodimi hisoblanadi. Olima butun umrini xalq sog'lig'ini saqlashdagi va tibbiyotdagi muhim masalalarga bag'ishladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan bu kabi hujjatlar tibbiyot tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.