O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining Bosma nashrlar saqlovxonasida saqlanayotgan adabiyotlar xaqida

O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining “Davlat xisobi va ilmiy axborot apparati” bo'limi tarkibida “Bosma nashrlar saqlovxonasi” mavjud bo'lib, ushbu saqlovxonada minglab nomdagi kitoblar, tarixiy davrga oid bosma nashrlar, ilmiy adabiyotlar hamda to'plamlar saqlanib kelmoqda. Mazkur saqlovxona kutubxona sifatida faoliyat yuritadi. 2015 yil mobaynida Bosma nashrlar saqlovxonasiga turli mavzuga oid ko'plab kitoblar taqdim etib qilinmoqda. Jumladan, shu kunlarda «Navro'z» nashriyoti tomonidan “O'zbekiston tarixi xrestomatiyasi” to'plami saqlovxonaga taqdim etildi. Ushbu to'plamning muallifi t.f.d., professor D.X.Ziyaeva bo'lib, unda O'zbekiston tarixi xrestomatiyasining VI jildida O'zbekistonning 1860-1917 yillardagi tarixiga oid manbalar-qo'lyozmalar, toshbosma asarlar, matbuot materiallari, arxiv xujjatlari, xorijiy sayyoxlar safarnomalari, memuarlar, tarixiy adabiyotlardan namunalar va lavhalar o'rin olgan.
Shu bilan birga, “Xorazm” nashriyoti tomonidan “Najmiddin Kubro tug'ilgan qishloq (Xiva tumanidagi Sayot qishlog'ining qisqacha tarixi)” nomli adabiyoti taqdim etildi. Kitobning muallifi Komil Nurjonov bo'lib, ushbu risola xalq og'zaki ijodi, xorijiy va mahalliy olimlarning asarlarida o'z aksini topgan sayotlar urug'i, Shayx Najmiddin Kubro ilmiy merosi, el sevgan polvonlar, dong taratgan rahbarlar va qo'li gul dehqon fermerlar, ustozlar, yoshlar haqida qisqacha hikoya qiladi.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining nashriyoti tomonidan “Surhon vohasida etnik tarix va etnomadaniy jarayonlar (Xatakilar urug'i misolida)” nomli kitob kutubxonaga taqdim etildi. Asar mualliflari Ikrom Umarov, Xayitqul Rahmonov, Eshbo'ri Xudoyberdievlar bo'lib unda asosan Surxon vohasidagi eng qadimgi o'zbek qavmlaridan bo'lgan xatak urug'ining kelib chiqishi, yashagan joylari, tarixi, turmush tarzi, xo'jaligi va urf-odatlari haqida hikoya qilinadi.