O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy davlat arxivi binosi ochildi
“Halqaro arxivlar kuni” kasb bayrami tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy davlat arxivi binosi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov, Mudofaa vaziri B.Qurbonov, “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev, mehnat faxriylari, ofitserlar va boshqa taklif etilganlar ishtirok etdi. 3 qavatli bino rekonstruksiya qilinib, arxiv talablari asosida qayta jihozlandi. Hozirgi kunda, arxivda 130 mingdan ortiq hujjat bo‘lib, yangi bino respublika hududidagi mudofaa ishlari bo‘limlaridan, gospitallarda va boshqa muassasalardan yuz mingdan ortiq saqlov birligidagi arxiv hujjatlarini qabul qilish imkoniyati yaratildi.