O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi»ning tantanali ochilishi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
































«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi»ning tantanali ochilishi tadbiri

2023 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi»ning tantanali ochilishi tadbiri tashkil etildi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi.

Ko‘rgazmada Chet el mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Mo‘ydinxonovich Ismoilov, Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Ulug‘bek Elchiyevich Abdusalomov, Spikerning birinchi o‘rinbosari Akmal Xolmatovich Saidov, Spiker o‘rinbosarlari, deputatlar, Senat qo‘mitasi raisi Boriy Botirovich Alixanov va Senat aʼzolari, Konstitutsiyaviy sud aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari, «Yoshlar parlamenti» aʼzolari, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi vakillari, qator tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaga Oliy Majlis palatalari arxivlari, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi O‘zbekiston Milliy arxivi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi arxiv va fotoarxiv hujjatlari taqdim etilgan.

Jami taqdim etilgan hujjatlar soni 90 ta, shundan 70 ta foto va arxiv hujjatlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma zali 2 qismdan iborat:

1-qism – 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiya tarixi

Mavzu: O‘zbekiston Konstitutsiyasi – Mustaqil davlatning huquqiy poydevori

2-qism- Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy islohotlari davri

Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev – Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy g‘oyasi muallifi

Ko‘rgazmadan shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani ishlab chiqish bo‘yicha majlislarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oyalar, Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan muhokamalar jarayonlaridan lavhalar, takliflar, hujjatlardan namunalar, ishchi guruh aʼzolarining majlislari, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhokamalar jarayonlari, Refrenedumni o‘tkazish bo‘yicha Qonunchilik palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisi hujjatlari, foto lavhalari, 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari, ularning hujjatlari, foto lavhalar o‘rin olgan.

Xabaringiz bor, bu yil konstitutsiyaviy islohotlar yili bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Yurtimizda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat beradi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Referendum ko‘p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qatʼiy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo‘ldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi F-72 sonli Farmoyishi asosida Konstitutsiyamizning 31 yilligini keng nishonlashga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasini tashkil etish» va tarixan shakllangan Konstitutsiyamizni keng jamoatchilikka yetkazish ishlari davom etmoqda. Ushbu ko‘rgazma joriy yilning 7 dekabr kunigacha davom etadi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati