O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamkorligida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” bosh g‘oya ostida “Ajdodlarning boy ma’naviy merosi arxivlar misolida” mavzusida O‘zbekiston Milliy arxivida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov MA’RUZASI

Assalomu alaykum hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari bugun arxivlar faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurganidan benihoya manunligimizni bildiramiz.

Tadbirimiz ishtirokchilarida arxivlar oʻzi qachon tashkil topgan degan savol toʻgʻilsa kerak. Tarixan insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xoʻjalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda davlatchilik vujudga kelishiga olib keladi. Deyarli bir vaqtning oʻzida ijtimoiy zarurat tufayli yozuv ham paydo boʻladi.

Qadimgi davlatlar oʻzlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli hujjatlar-qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlariga tegishli hujjatlarni toʻplab borgan. Tabiiyki bunday materiallar yigʻilishi natijasida ularning saqloviga extiyoj ham paydo boʻladi. Mazkur jarayonlar arxiv muassasalarining shakllanib borishiga sabab boʻldi.

Arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi Mesopotamiya, Misr, Kichik Osiyo kabi davlat hududlaridan bir qator ibodatxona va saroylarda qadimgi yozuv namunalari topilgan. Qadimgi davrlarda muayyan bir arxiv muassasalari mavjud boʻlmagan. Lekin bugungi kunda bizga maʼlum sohaga oid hujjatlar bilan ishlashda boshqa bir nomlar bilan atalgan muassasalar tizimi mavjud edi.

Yurtimizda arxiv xujjatlarini saqlashga boʻlgan munosabatlar Sohibqiron Amir Temur davridanoq eʼtibor kuchaytirilgan. Alohida hujjatxonalarda Amir Temurning eng sara kitoblari bilan birga uning faoliyat yutuqlari, tuzuklari, moliyaviy hujjatlarining saqlanishi, shaxsiy tarkib, oilaviy munosabatlar, shoirlarning ijodiy namunalari oʻsha davrning arxivlarini esga soladi. Undan keyingi davr xonliklarning deyarli oʻn toʻqqizinchi asrgacha boʻlgan koʻpgina xujjatlari saqlanmagan. Xiva, Qoʻqon xonliklari, Buxoro amirligining xujjatlari davrimizgacha yetib kelgan. Ilm-fan rivojlangani sari hujjatlar saqlovi va avlodlarga yetkazishga eʼtibor kuchaytirilgan.

Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonning tarixini oʻrganishda arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari va yozishmalarnnng ahamiyati benixoyat kattadir. Bu ortiqcha tushuntirish va izohga xojat boʻlmagan xaqiqat. Lekin, ularni topish, oʻrganish va oʻz oʻrnida foydalanish oʻta kiyin, bu tadqiqotchida chuqur bilim, maxsus malaka, qunt va sabot-matonat talab qiladi. Arxiv hujjatlari jamiyat xayotini oʻrganishda oʻrni beqiyosdir. Oʻrta Osiyo xonliklari: Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonpiklarining arxiv hujjatlari oʻtgan asrda, yaʼni 1865,1876-yillardan keyin, yaʼni xonliklar - chor Rossiyasi xarbiylari tomonidan bosib olinganidan keyin, Rossiyaga olib ketildi hamda kutubxonalarda saklandi. Ularning ijtimoiy-ikgisodiy xayotga oid kismi, 1960-yildan keyin Toshkentga Oʻzbekiston Markaziy Tarix arxiviga kaytarildi.

Arxiv xujjatlari tirik oʻtmish va xalqimizning tarixi bitilgan xotirasidir. Shuning uchun arxiv hujjatlari xalqimizning bebaxo tarixiy boyligi hisoblanadi va rasman Oʻzbekistonda arxiv tizimining tashkil etilishi 1919-yil 5-noyabrda qabul qilingan hujjat bilan bogʻliq.

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan tashabbus bildirilgan bugungi tadbirda men ikki ogʻiz arxiv ishi tarixiga toʻxtaldim. Ammo aytilmagan faktlar xali koʻp.

Bugun Siz koʻrgan Oʻzbekiston Milliy arxivida chegara sanasi IX-asrdan boshlanadigan arxiv hujjatlari saqlanib kelinmoqda. Biz ushbu hujjatlarni saqlovini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻrmoqdamiz. Arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun raqamli tizimlar yaratish va ularni takomillashtirish “Oʻzarxiv” agentligining bugungi kundagi  ustuvor vazifalaridan biridir. Sizga ushbu tizimlarimiz xaqida maʼlumot berildi.

Oldimizda turgan dolzarb masalalarni yechish uchun arxivchi hamkasblarimiz bilan ishlab kelmoqdamiz.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak mamlakatimizda huquqiy demokratik, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun oʻz samarasini berayotir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida aniq, ishonchli maʼlumot olish fuqarolarga amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida toʻla tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bunda axborot manbai – davlat arxivlarining oʻrni beqiyos.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati