O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishi tarixi” mavzusida amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etishga qaratilgan F-53-son farmoyishiga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishi tarixi” mavzusida amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazma Qonunchilik palatasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” sifatida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy arxivlari saqlovidagi konstitutsiya va tarixiy davlatchilikka oid noyob foto va arxiv hujjatlari namoyish etildi.
Mazkur ko‘rgazma 7 dekabrga qadar davom etadi.