O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI "O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV SURXONDARYOLIK YOShLAR BILAN UChRAShDI

Bugun 17 fevral kuni "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Surxondaryo viloyati arxiv ishi sohasi yoshlari bilan "OChIQ MULOQOT" tadbirini o‘tkazdi. “O‘zarxiv” agentligi Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi Dilmurod Yusupov va sohadagi yoshlar birinchi rahbar oldiga sohadagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan masalalar qo‘ydilar.

Hususan, Surxondaryo viloyati 30 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar yoshlar faoliyat ko‘rsatib ularning ba’zilari o‘rta-maxsus ma’lumotli, oliy ma’lumotli yoshlarning bir qismi boshqa yo‘nalish bo‘lgan ta’lim olgan. Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish kun tartibidagi dolzarb masala hisoblanadi.

Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.

Ulug‘bek Yusupov yoshlar bilan uchrashar ekan , uning aytgan gaplari esa yoshlarga katta va jiddiy motivatsiya berdi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати