O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida noyabr oyining dastlabki kunlari “Sport xaftaligi” deb e’lon qilingan.
Ushbu munosabat bilan, Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirokida sportning stol tennisi, shashka, masofaga yugurish hamda armrestling turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.