O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligiga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Satыbaldы Darxan Amangeldiyevich rasmiy tashrif buyurdi.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi - Qozog‘istondagi siyosiy qatag‘on mavzusiga oid arxiv hujjatlarini izlash va tadqiq etish hamda arxiv ishi sohasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash. Shu maqsadda, Agentlik direktori U.Yusupov O‘zbekistonda arxiv ishi tizimi hamda davlat arxivlarida olib borilayotgan tadqiqot ishlari yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Ikki tomonlama o‘tkazilgan muzokaralar yakunida, O‘zbekiston Milliy arxivi bu yo‘nalishda qozog‘istonlik olimlar va tadqiqotchilarga arxiv ishi sohasida yordam berishga doimo tayyor ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Elchi O‘zbekiston Milliy arxividagi Markaziy Osiyo tarixiga oid alohida qimmatli arxiv hujjatlarining bir qismi, shuningdek arxivda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.