Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining 2021-yil mobaynida xalqaro munosabatlar yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

  • “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma” asosida AQSh Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrugʻiga asosan hozirda Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan foydalanish uchun ochiq arxiv hujjatlarini (tanlangan arxiv materiallari) kataloglashtirish va mavzuli sharhlarni tuzish, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan aholi taqdiri bilan bogʻliq davlat arxivlarida saqlanayotgan ochiq boʻlgan tanlangan arxiv materiallarining raqamli reproduksiyasini yaratish (koʻpaytiriladigan materiallar) kabi ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-yil davomida oʻzlashtirilgan summa http://evacuation.archive.uz/oz/site/index saytini ishlab chiqishga, arxiv hujjatlarni aniqlashga, taqqoslashga va raqamlashtirishga sarflandi. Ushbu yilda jami 50 ming kadr arxiv hujjatlari skaner versiyasi tayyorlandi. Texnik bitim doirasida Muzey Agentlikdan olingan majmuaviy mavzuli sharhlari asosida tanlangan arxiv materiallarini raqamli nusxalarini tayyorlash uchun yozma shaklda buyurtma berishi rejalashtirilganligini inobatga olib, tayyorlangan ochiq turdagi arxiv materiallari roʻyxati oʻrnatilgan tartibda kelishib berilgan. Hozirda Muzeyga roʻyxatni taqdim etish ishlari oʻrnatilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Texnik bitim talablariga muvofiq, 1 yilda kamida 50 mingtadan kadrni Muzeyga oʻrnatilgan tartibda taqdim etib borish va har bir kadr uchun Muzey tomonidan 20 sentdan toʻlovni amalga oshirish belgilangan. Shu maqsadda, 2021-yilda bajarilgan ishlarni keyingi yilda ham davom ettirib, 50 mingta kadrni roʻyxat asosida tanlovini oʻtkazib, oʻrnatilgan tartibda kelishuvdan oʻtkazib, Muzeyga taqdim etish belgilangan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son Qarori hamda 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoniga asosan Birlashgan Arab Amirliklari va “Oʻzarxiv” agentligining “Oʻzbekiston Milliy arxiviga zamonaviy bino qurish” grant loyihasi doirasida yangi bino qurilishi uchun ajratilayotgan yer uchastkasi boʻyicha tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 325-F-son farmoyishi qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarini oʻtkazish yuzasidan 2021-yil 22-26-oktabr kunlari BAA Milliy arxivi bosh direktori dr.Abdulla Alraisining Oʻzbekistonga xalqaro kuzatuvchi sifatidagi tashrifi uyushtirilgan. Ushbu kuzatuvchiga hamrohlik qilish vazifasi “Oʻzarxiv” agentligiga yuklatilgan. Tashrif davomida kuzatuvchi Investitsiyalar vazirligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan loyiha yuzasidan ishchi uchrashuvlar oʻtkazgan, tanlangan yer uchastkasini koʻzdan kechirgan hamda bir qator saylov uchastkalarini ishini shaxsan kuzatgan. Xizmat safari yakunida kuzatuvchi Samarqand shahriga madaniy hordiq sifatida tashrifi uyushtirilgan. 2021-yil noyabr oyida BAA Milliy arxivi rahbariyatida oʻzgarish sodir boʻlib, hozirda arxiv bosh direktori v.v.b. lavozimida Abdulla Majid Al Ali faoliyat yuritmoqda. Loyiha yuzasidan tegishli maʼlumotlarni aniqlashtirish boʻyicha BAA Milliy arxivi vakillari bilan 2021-yil 22-dekabrda onlayn muzokaralar oʻtkazildi.
  • 2021-yil 11-yanvarda AQShning “Atlantic Council” (Atlantika kengashi) katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrell Djermeyn Starr bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ushbu ekspert muallifligida 2021 yilda chop etilishi kutilayotgan “Black man on the steps” kitobidagi amerikalik mutaxassislarning Oʻzbekistonga XX asrning boshlarida uyushtirgan tashrifiga bagʻishlangan bobni yozishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Milliy arxivi tomonidan aniqlangan amerikalik Oliver Djon Golden toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda bokschi Muhammad Aliga tegishli foto surʼatlar taqdim etildi.
  • 2021-yil 19-yanvarda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati oʻrtasida manfaatli munosabatlarni oʻrnatish va idoralararo aloqalarni kengaytirish hamkorlik Memorandumi” imzolandi.
  • 2021-yil 25-yanvarda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Kelishuv” imzolandi.
  • 2021-yil 27-yanvarda Isroil davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zeavit Ben Xilel bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “27-yanvar — Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni” munosabati bilan tashkillashtirilgan ushbu uchrashuvda oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlar va idoralararo aloqalarni yanada kengaytirish, millatlararo bagʻrikenglik, totuvlik va doʻstona aloqalarni yanada kengaytirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
  • 2021-yil 28-yanvarda “Oʻzarxiv” agentligi va AQSh Xolokost yodgorlik muzeyi oʻrtasida 2020-yil 29-iyulda imzolangan hamkorlik Shartnomasi”, “Oʻzarxiv” agentligi va “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati oʻrtasida 2021-yil 19-yanvarda imzolangan Memorandumda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan xorijiy arxiv ishi sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Otzvuki Xolokosta v arxivax: istochniki i issledovaniya” mavzusida onlayn formatda ilmiy seminar oʻtkazildi. Mazkur ilmiy seminarda “Oʻzarxiv” agentligi masʼul mutaxassislari, AQSh Xolokost yodgorlik muzeyi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti arxivi, G.I.Nosov nomidagi Magnitogorsk davlat texnika universiteti, “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti vakillari ishtirok etdilar.
  • 2021-yil 24-fevralda onlayn formatda Xolokost hamda yahudiylarning Ikkinchi Jahon urushi davrida Oʻzbekistonga evakuatsiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid Isroildagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari muhokamasi yuzasidan “Oʻzarxiv” agentligi va tizimdagi milliy arxivlar vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati vakillari, shuningdek, Isroil davlatida Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi F.Maxmudova va Isroil Davlati mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
  • Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashini (Kengash) tashkil etish toʻgʻrisidagi MDH Iqtisodiy kengashining 2004-yil 3-dekabrdagi qaroriga “Oʻzarxiv” agentligi 2021-yil 24-fevraldan rasman qoʻshildi (bungacha “kuzatuvchi” funksiyasini bajarib kelgan edi). Kengashning asosiy vazifasi — tuzilmaga aʼzo boʻlgan arxiv xizmatlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, arxiv hujjatlaridan unumli foydalanishga oid turli tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni boshqarish usullarini takomillashtirish, mutaxassislarni kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirish.
  • 2021-yil 11-martda Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxan Amangeldievich Satibaldi bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda Qozogʻistondagi siyosiy qatagʻon mavzusiga oid arxiv hujjatlarini izlash va tadqiq etish hamda arxiv ishi sohasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
  • 2021-yil 18-martda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oʻrtasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

Mazkur hamkorlik kelishuvi va memorandumlaridan koʻzlangan asosiy maqsadlar:

- arxiv fondlarining koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish, arxiv hujjatlarining restavratsiyasi va muhofazasini taʼminlash, shuningdek, ularni keng targʻib qilish;

- madaniy qiymatga ega boʻlgan arxiv hujjatlarini keng targʻib qilish, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bir-biriga axborot taqdim etish, ajdodlar merosini saqlash va ilmiy-maʼrifiy izlanishlar borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

- tomonlar ekspertlari va mutaxassislari bilan oʻzaro manfaatli maqsadlarda almashish, birgalikda tadbirlar tashkil qilish, arxiv ishi sohasiga ilm-fan yutuqlarini muntazam ravishda tatbiq etib borish, davlat arxivlari bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda qoʻshma arxiv tadqiqotlarini olib borishdan iborat.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga muvofiq, Agentlik tomonidan Hindistonning Toshkentdagi Elchixonasi soʻrovi oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, arxiv ishi sohasi boʻyicha Hindiston Respublikasi bilan xalqaro hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish maqsadida tegishli takliflar taqdim etilgan.
  • Madaniyat vazirligining soʻroviga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bangladesh Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniyat hamkorlik toʻgʻrisida Bitim loyihasi yuzasidan takliflar hamda Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi fond saqlovida Bangladesh Xalq Respublikasi madaniyatiga doir foto arxiv hujjatlari roʻyxati taqdim etilgan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga muvofiq, Agentlik tomonidan “Oʻzarxiv” agentligi va Germaniya Respublikasi mutasaddi tashkilotlari bilan arxiv ishi sohasida hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish maqsadida tayyorlangan takliflar va soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilgan.
  • Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi va Fransiya Respublikasi mutasaddi tashkilotlari bilan arxiv ishi sohasida hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish maqsadida tayyorlangan takliflar hamda mavzuga oid ochiq turdagi fotoarxiv hujjatlari roʻyxati taqdim etilgan.
  • Agentlik tomonidan sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bagʻishlab, 2021-yil 9-aprel kuni “Amir Temur – Ikkinchi Renessans homiysi” nomli tadbiri oʻtkazilgan. Mazkur tadbirda tegishli soha muassasalarining mutaxassislari hamda olimlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan xodimlari va izlanuvchilari, oliy taʼlim muassasalari vakillari, shuningdek, Hindiston Elchixonasi qoshidagi Laʼl Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi direktori prof. Chander Shekxar ham oʻz taqdimoti bilan ishtirok etgan.
  • Vengriya milliy arxivi va “Oʻzarxiv” agentligi orasida oʻzaro hujjatlar almashinuvi davom ettirilmoqda Xususan, oʻzbek va venger tarixiy aloqalariga oid arxiv hujjatlarini aniqlash ishlari tashkil etilib, “Perechenʼ arxivnix dokumentov ob istoricheskix vzaimootnosheniyax Uzbekistana i Vengrii. Po lichnomu fondu № I-1009 “Nikolay Petrovich Ostroumov”. Podlinnie dokumenti vengerskogo puteshestvennika Arminiya Vamberi (pod imenim Rashid Efendi)” mavzusida fransuz tilida aniqlangan arxiv hujjatlari Vengriya milliy arxivi tomonidan tarjima qilinib, Agentlikka taqdim etilgan.
  • 2021-yil 30-aprelda poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamda “Oʻzarxiv” agentligi hamkorligida  “Xotira sahifalari” mavzusidagi fotolar koʻrgazmasi ochildi.
  • 2021-yil 30-aprelda Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti tomonidan tashkillashtirilgan va Ikkinchi jahon urushining 80 yilligiga bagʻishlangan  “Gʻalaba uchun mehnat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Agentlik tizimidagi milliy arxivlardan mutaxassislar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar hamda ilmiy maqolalar toʻplamida chop etildilar.
  • Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasining taklifiga muvofiq, “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ikkinchi Jahon urushi boʻyicha faoliyatni olib boruvchi Isroil Davlatidagi tashkilotlar, tadqiqotchilar va vatandoshlar doiralari vakillari bilan 2021 yil 7 may kuni onlayn uchrashuvda ishtirok etilgan.
  • 2021-yil 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzarxiv” agentligi hamda Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida “Xotira sahifalari” mavzusiga doir foto arxiv hujjatlari nusxalari va eksponatlar koʻrgazmasi rasman ochildi.
  • 2021-yil 18-mayda koʻrgazma doirasida “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolangan. Ishtirokchilar oʻrnatilgan tartib asosida tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantiradilar:

- arxiv ishi sohasida, xususan elektron hujjat yuritish va elektron arxiv tizimi boʻyicha tajriba almashish;

- Oʻzbekiston va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar xalqlarining doʻstlashuvi uchun zarur sharoitlarni yaratishga intilib, arxiv ishi sohasi boʻyicha davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatilgan tartibda har tomonlama kengaytirish;

- oʻzaro hamkorlikda, umum qamrovga ega mavzular boʻyicha respublika va xalqaro miqyosda tadbirlar, simpoziumlar, ilmiy konferensiyalar va koʻrgazmalar tashkil etish.

  • 2021-yil 19-21-may kunlari “Central Asia-2021: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIV Xalqaro konferensiyasi hamda Milliy kutubxonaning 150 yillik yubileyida Agentlik rahbariyati va mutaxassislari ishtirok oʻz nutqlari va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Xususan, Oʻzbekiston Milliy arxivi binosida 20-may kuni arxiv xodimlari uchun moʻljallangan shoʻba oʻtkazildi, shuningdek, Agentlik va tizimdagi arxivlar mutaxassislarining maqolalari toʻplamda chop ettirildi.
  • 2021-yil 7-11-iyun kunlari Xalqaro arxivlar kengashi (ICA)ning axborot xatiga muvofiq, onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #IAW2021 – uchinchi xalqaro arxivlar haftaligida Agentlik va tizimdagi arxivlar mutaxassislari ishtirok etdilar.
  • 2021-yil 9-10-iyun kunlari Koreya Respublikasining NIA tashkiloti taklifiga muvofiq, “2021 AfDB – NIA ICT Online Seminar”ning “Strategies for Digital Transformation of Public Service in Africa” mavzusidagi onlayn seminarlarida Agentlik mutaxassislari ishtirok etdilar.
  • 2021-yil 12-15-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi  “Perm ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxivi” tomonidan “Pod skipetrom Romanovix. K 300-letiyu provozglasheniya Rossii Imperiey” mavzusida tashkillashtirilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori oʻrinbosari A.V.Mahkamov xizmat safarida boʻldi.
  • 2021-yil 21-23-iyun kunlari “Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi” davlat muassasasi taklifiga muvofiq, IV Yosh arxivchilar maktabining onlayn formatdagi “Elektron hujjatlar bilan ishlash nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi oʻquv kursida Agentlik va tizimdagi arxivlar mutaxassislari ishtirok etib, oʻz koʻnikmalarini va malakalarini oshirishdi hamda oʻquv kursi yakunida sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

2021-yil 24-iyunda “Oʻzarxiv” agentligi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti oʻrtasidagi hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ishtirokchilar oʻrnatilgan tartib asosida tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantiradilar:

- qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, axborot texnologiyalari sohasida ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etish, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish;

- hamkorlikda anjumanlar, seminarlar, akademik mashgʻulotlar, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish, arxiv ishi sohasi mutaxassislari va ushbu sohaga qiziqish bildiruvchi talabalarni axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻqitish jarayonining natijadorligi va amaliy xususiyatini oshirish;

- axborot texnologiyalari sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrganish va amalga tatbiq etishga koʻmaklashish,

- arxiv ishi sohasi mutaxassislarini tayyorlashga, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga, universitet bitiruvchilarining keyingi amaliyotiga hamda talabalarga oʻquv jarayonini, diplomdan oldingi (mutaxassislik sohasi boʻyicha) amaliyotni tashkil etishga koʻmaklashish.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasining taklifiga koʻra, joriy yil 8-iyul kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida Polsha Respublikasining Gdansk shahridagi Ikkinchi Jahon urushi muzeyi direktori Karol Navroski boshchiligidagi polyak delegatsiyasi, “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi. Mazkur uch tomonlama muzokaralarda hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar hamda imzolanadigan hujjatlar loyihalari muhokama etildi.
  • Joriy yil 9-iyulda 01-26/941-son xat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va Qatar Davlati oʻrtasida Hukumatlararo komissiyasining 1-yigʻilishini tashkil etish masalasi yuzasidan taqdim etilgan yigʻilish bayoni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan takliflar taqdim etildi.

2021-yil 12-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi (Quddus) oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum onlayn ravishda videokonferens-aloqa formatida imzolandi. Har ikki davlat oʻrtasidagi tarixiy shakllangan doʻstona munosabatlarni inobatga olib, ushbu arxiv muassasalari oʻrtasida Ishtirokchilarning oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish istagidan kelib chiqib, quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro anglashuvga erishildi:

- arxiv hujjatlaridan foydalangan holda ochiq arxiv hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot va kasbiy tajriba almashish boʻyicha ish olib borish, oʻzaro ilgʻor texnik va dasturiy taʼminotdan foydalangan holda mutaxassislarni oʻqitish va malaka oshirish yoʻnalishlarida hamkorlik qilish;

- arxiv hujjatlarini aniqlash va ularning nusxalarini oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq hamda oʻz vakolatlari doirasida kelishuvga asosan taqdim etib borishda bir-birlariga koʻmaklashish;

- oʻzbek va yahudiy xalqlari tarixi hamda madaniyati bilan bogʻliq ochiq turdagi arxiv hujjatlarini oʻz ichiga olgan arxiv fondlarini tavsiflash va oʻrganish boʻyicha hamkorlik qilish, arxiv manbalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻzaro almashish va hujjatlarning mavzuli roʻyxatlarini tuzish;

- oʻzaro manfaatdorlik asosida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, Oʻzbekiston Respublikasidagi yahudiylar diasporasi tarixi, Isroil Davlatiga koʻchib borgan oʻzbekistonliklar tarixi va boshqalar boʻyicha qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini oʻtkazish hamda kelishilgan mavzu asosida hujjatli koʻrgazmalar, seminarlar va anjumanlarni tashkil qilish.

  •   Joriy yil 16-avgustda 01-26/1061-son xat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi 7-yigʻilishi bayoni loyihasiga takliflar taqdim etildi.
  • Joriy yil 9-sentabr kuni “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati direktori, akademik Saidasror Gʻulomov ishchi tashrif bilan “Oʻzarxiv” agentligida boʻldi. Mazkur ishchi tashrifning asosiy maqsadi — ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini oʻzaro tenglik tamoyili negizida yanada mustahkamlash, “Yangi Oʻzbekiston” konsepsiyasini keng tatbiq qilish asosida oʻzaro doʻstona munosabatlarni yangi darajaga chiqarish masalalarini muhokamasiga bagʻishlandi. Tashrif yakunida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi tantanasi munosabati bilan hamda samarali hamkorlik aloqalarini kengaytirishda oʻz hissasini qoʻshishda jonbozlik koʻrsatgani uchun “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov hamda tizimdagi rahbar-mutaxassislar “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandilar.
  • “UNESCO” xalqaro tashkilotining Aloqa va axborotlashtirish sektori Hujjatli meros boʻlimi (Dunyo xotirasi dasturi) tomonidan tashkillashtirilgan va Fransiyaning Parij shahrida 2021-yil 7, 21 va 22-sentabr kunlari oʻtkazilgan “MoW 2-Global Policy Forum” virtual Forumida “Oʻzarxiv” agentligi va tizimdagi hududiy boshqarmalar mutaxassislari ishtirok etdilar. Virtual tadbirda “UNESCO” xalqaro tashkilotining “Xatarga oid hujjatli meros — tajriba tadqiqoti” hisoboti toʻgʻrisida maʼlumot berilib, xotira muassasalari qanday favqulodda vaziyatlar xavfiga duchor boʻlganligi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sifatida ularga qanday murojaat qilganliklari baholanishini boʻlishdilar. Mazkur hisobot xalqaro hamjamiyat uchun foydali boʻlgan turli xil topilmalar va tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
  • Joriy yil 21-sentabrda 01-26/1203-son xat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 4-yigʻilishi bayoni loyihasi hamda yigʻilishni tashkil etish jarayonida ikki tomonlama aloqalardagi mavjud muammoli masalalar va ularning yechimiga doir takliflar taqdim etildi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi xodimlari 2021-yil 22-23-sentabr kunlari telekonferens-aloqa rejimida Chelyabinsk viloyati arxiv xizmatining 100 yilligiga bagʻishlangan “Jamiyatdagi arxiv — arxivdagi jamiyat” mavzusida IV Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etishdi. Konferensiyaning birinchi kunida yalpi yigʻilish oʻtkazilib, Chelyabinsk viloyati arxiv xizmatining 100 yilligiga bagʻishlangan maxsus markerlangan tasviriy konvertni ochish marosimiga bagʻishlandi. Konferensiyaning ikkinchi kunida Agentlik Markaziy apparati xodimlari — Aliyev A.O., Dadayeva D.S. moderator sifatida, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy arxivi mutaxassislari — Xasanova Z.Z., Mirzayev N.M., Abduraxmonova M.M., Isakova M.S., Abduraximova Sh.A. va Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlar milliy arxivi xodimasi — Sulaymonova Z.M. oʻz maʼruzalari va taqdimotlari bilan 6 ta sho‘ba ishlarida ishtirok etishdi. Har bir maʼruzachining nutqi yakunida ishtirokchilar tomonidan koʻplab qiziqarli savollar kelib tushdi hamda ularga tezkor ravishda aniq javob berildi.
  • Joriy yil 23-24-sentabr kunlari Gruziya Milliy arxivi tomonidan tashkillashtirilgan “Arxiv va manba tadqiqotlari – tendensiyalar va muammolar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi mutaxassislari onlayn formatda ishtirok etishdi. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimlari – M.Isakovaning “Yangi Oʻzbekistonda arxiv tizimi holati”, N.Mirzayevning “Oʻzbekiston Milliy arxivining noyob fondlari” va Sh.Abduraximovaning “Arxiv xatlar – Oʻzbekiston ijtimoiy hayotini oʻrganishning tarixiy manbalari sifatida” mavzularida oʻzlarining ingliz tilida tayyorlangan qiziqarli maʼruza va taqdimotlarini konferensiya sessiyasi ishtirokchilariga taqdim etdilar.
  • YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2021-yil 15-sentabrdagi 257/21-son xatiga muvofiq, Agentlikning 13-oktabrdagi 01-26/1315-son xati bilan “Jahon xotirasi” dasturining xalqaro roʻyxatiga kiritish maqsadida Agentlikda saqlanayotgan “Buxoro Amiri Qushbegisi mahkamasi” nomzodnomasi boʻyicha arxiv hujjatlarining yangilangan holati va yangi shaklga asosan ingliz tilida qayta toʻldirilgan maʼlumotlar taqdim etilgan.
  • Markaziy Osiyo xalqlari institutining 2021-yil 5-oktabrdagi 03/03-2-675-son taklif xatiga muvofiq, Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimlari U.Akramova va Z.Suleymanovalar joriy yil 18-oktabrda MOXI “Yangi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.
  • “Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi” Davlat muassasasining 2021-yil 4-oktabrdagi 14-I-son taklif xatiga muvofiq, Agentlikning 6-oktabrdagi 01-27/1282-son xati bilan tizimdagi barcha arxivlarga Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik tantanasiga bagʻishlab joriy yil 20-oktabr kuni onlayn formatda  “Arxivnoe delo na sovremennom etape: problemi, praktiki, innovasii” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishlari uchun arxivchi-mutaxassislar taklif etilgan. Agentlikning 2021-yil 15-oktabrdagi 01-21/1322-son xati bilan “Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi” Davlat muassasasiga konferensiyada ishtirok etuvchi xodimlarning arizalari va maʼruzalari matnlari yuborilgan hamda 20-oktabrda onlayn formatda ishtirok etilgan.
  • Joriy yil 20-oktyabrda “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov “Xalqaro arxivlar kengashi Bosh Assambleyasi-2021”da virtual formatda ishtirok etdi. “Oʻzarxiv” agentligi 2009-yildan Xalqaro arxivlar kengashining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. Oʻzbekiston arxivchilari Xalqaro arxivlar kengashi Yevrosiyo boʻlinmasining barcha anjumanlarida (har yili boʻlib oʻtadi), shuningdek, Xalqaro arxivlar kengashining kongresslarida (har 4 yilda bir marotaba boʻlib oʻtadi) muntazam ishtirok etib boradi. Ushbu anjumanlardagi Oʻzbekiston arxivlari vakillarining ishtiroki dunyodagi arxiv ishi sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar, metodologiyalarni respublika arxivlariga joriy etish, xodimlarning malakalarini oshirish, tajriba almashish, Oʻzbekiston boy tarixiy merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi.
  • VNIIDADning 2021-yil 16-iyuldagi 342-son taklif xatiga muvofiq, Agentlikning 5-avgustdagi 01-27/1031-son xati tizimdagi barcha arxivlarga VNIIDADning 55 yilligi munosabati bilan oʻtkaziluvchi xalqaro konferensiyada 28-29-oktabr kunlari ishtirok etish taklifi maʼlum qilingan. Agentlikning joriy yil 23-avgustdagi 01-21/1110-son xati bilan ishtirok etuvchi xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar VNIIDADga yuborilgan. Agentlikning 20-oktabrdagi 01-21/1342-son tabrik xati VNIIDADga yuborilgan va javoban 26-oktabrda 523-son tashakkurnoma qabul qilingan hamda 28-29-oktabr kunlari onlayn formatda konferensiyada xodimlar ishtiroki taʼminlangan.
  • Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-oktabrdagi 106-son majlisi bayoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, hamkor tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro iliq doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida III Toshkent xalqaro amaliy sanʼat biyennalesi doirasida joriy yilning 9-noyabr kuni soat 17:00 hamda 11-noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida “Oʻzbekiston amaliy-bezak sanʼati tarixidan. Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi materiallaridan” nomli koʻrgazmaning ochilish marosimi oʻtkazildi. Mazkur fotokoʻrgazmaga taklifnoma-xatlar Agentlik tomonidan Oʻzbekistondagi hamkor tashkilotlarga 8-noyabrdagi 01-26/1424 va Elchixonalarga 8-noyabrdagi 01-21/1422, 01-21/1423, 01-21/1425-son xatlar bilan yuborilgan.
  •   TIVning 2021-yil 10-noyabrdagi 16/41788-son xatiga muvofiq, Agentlikning 11-noyabrdagi 01-21/1451-son xati bilan Qozogʻiston “Markaziy davlat arxivi”ning joriy yil 19-noyabrda oʻtkaziluvchi 100-yillik tantanasida Agentlikning ishtirok eta olmasligi, ushbu arxivning 100-yillik yubileyiga bagʻishlangan tabrik soʻzlari taqdim etilgan.

2021-yil 25-noyabrda Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “Oʻzarxiv” agentligi va Polsha Respublikasidagi Gdansk shahrida joylashgan Ikkinchi jahon urushi muzeyi oʻrtasidagi uch tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi. Tadbirda Polsha Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Radoslav Gruk ham ishtirok etdi. Mazkur Bitimni imzolashdan maqsad:

- Polshani nemis bosqinchiligidan ozod qilish uchun mardonavor kurashgan oʻzbek jangchilari taqdiriga oid Polsha fondlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari va Muzey manbalarini aniqlash, raqamlashtirish va tadqiq etish;

- Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya va deportatsiya qilingan Polsha fuqarolari taqdiriga oid, Oʻzbekiston Respublikasi fondlarida saqlanayotgan va Muzeyni qiziqtiruvchi arxiv hujjatlari hamda Muzey manbalarini aniqlash, raqamlashtirish va tadqiq etish;

- aniqlangan, ilmiy jihatdan ishlangan arxiv hujjatlari va Muzey manbalari asosida ilmiy asarlar yaratish, chop etish, xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazish.

  • Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining 2021-yil 16-noyabrdagi 24/1-1452-son topshirigʻi ijrosi yuzasidan Agentlikning 26-noyabrdagi 01-21/1513-son xati TIVga yuborilgan. Unda 2021-yil yakuni boʻyicha Xalqaro arxivlar kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi boʻyicha tahliliy maʼlumot taqdim etilgan.
  • TIVning 2021-yil 17-noyabrdagi 12/42621-son xatiga muvofiq, Agentlikning 26-noyabrdagi 01-21/1511-son xati bilan MDH Ijroiya qoʻmitasining MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2021-yil 14-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “MDH ishtirokchi-davlatlari tarixchilari va arxivchilari xalqaro assosiatsiyasi (komissiyasi) toʻgʻrisidagi Nizom” boʻyicha Assosiatsiya tarkibiga Agentlikdan rasmiy vakil toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgan.
  • “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyatining taklifiga muvofiq, joriy yil 6-dekabrda onlayn formatda  “Yangi Oʻzbekiston: ilm va taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni takomillashtirish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiyada Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.Mahkamov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etgan.
  • 2021-yil 6-dekabrda 01-26/1555-son xat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining qayta ishlab chiqilgan 4-yigʻilishi Bayoni loyihasi oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, yigʻilishni tashkil etish jarayonida ikki tomonlama aloqalardagi mavjud muammoli masalalar va ularning yechimiga doir takliflar taqdim etildi.
  • Joriy yil 9-dekabrda 01-21/1572-son xat bilan Tashqi ishlar vazirligi va Madaniyat vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida 2021-2025-yillarga moʻljallangan madaniy almashinuv Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar taqdim etildi.
  • 2021-yil 10-dekabrda videokonferens-aloqa orqali Belorussiya Respublikasi tashkilotchiligida MDH mamlakatlari — davlat arxivlari idoralari rahbarlari Maslahat kengashi ishtirokchilarining navbatdagi 17-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur masofaviy tadbirda kengashning rasmiy aʼzosi sifatida “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Jumladan, maʼruzada 2021-yil davomida hujjatlarning saqlanishi va hisobga olinishini tashkil etilishi, arxiv fondlari hujjatlari boʻyicha ilmiy-maʼlumotnoma apparati tizimi, arxiv hujjatlaridan foydalanish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, shuningdek, oʻzaro hamkorlik shakllari, mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb mavzulari va yoʻnalishlari yuzasidan fikrlar bayon etildi.
  • Joriy yil 14-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi va Turkiston viloyatida arxiv ishining 95 yilligiga bagʻishlangan Qozogʻiston ilmiy-amaliy konferensiyasida “Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tabrik soʻzi bilan ishtirok etgan.

2021-yil davomida “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi Milliy arxivlar, Samarqand viloyat davlat arxivi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivi oʻquv zallariga Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya, Isroil, Germaniya, Kanada kabi xorij mamlakatlaridan jami 15 ta xorijiy tadqiqotchilar tashrif buyurishgan hamda oʻzlaring tadqiqot ishlari boʻyicha tegishli arxiv materiallaridan foydalanganlar


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Xalqaro munosabatlar bo'limi