Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil mobaynida xalqaro munosabatlar yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

  • 2022-yil mobaynida amalga oshirilgan grant loyihalari:

1. “2020-yil 29-iyulda AQSH Xolokost muzeyi bilan imzolangan Shartnoma, Shartnoma asosida 2021-yil 14-yanvarda imzolangan Texnik bitim hamda Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrugʻiga asosan Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan foydalanish uchun ochiq arxiv hujjatlarini kataloglashtirish va mavzuli sharhlarni tuzish, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan aholi taqdiri bilan bogʻliq davlat arxivlarida saqlanayotgan ochiq boʻlgan tanlangan arxiv materiallarining raqamli reproduksiyasini yaratish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Loyihaning 1-bosqichi, 2021-yil davomida oʻzlashtirilgan summa http://evacuation.archive.uz/oz/site/index saytini ishlab chiqishga, arxiv hujjatlarni aniqlashga, taqqoslashga va raqamlashtirishga sarflandi. 2021-yilda jami 54243 ta kadr arxiv hujjatlari skaner versiyasi (raqamlashtirildi) tayyorlandi. Texnik bitim doirasida Muzey Agentlikdan olingan majmuaviy mavzuli sharhlari asosida tanlangan arxiv materiallarini raqamli nusxalarini tayyorlash uchun yozma shaklda buyurtma berishi rejalashtirilganligini inobatga olib, tayyorlangan ochiq turdagi arxiv materiallari roʻyxati oʻrnatilgan tartibda kelishib berilgan. Texnik bitim talablariga muvofiq, 1 yilda kamida 50 mingtadan kadrni Muzeyga oʻrnatilgan tartibda taqdim etib borish va har bir kadr uchun Muzey tomonidan 20 sentdan toʻlovni amalga oshirish belgilangan. Shu maqsadda, 2021-yilda Muzeyga Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallari orqali 2022-yil 7-fevralda 01-21-08/157-son xat bilan qattiq diskda taqdim etilgan. Shartnoma va Bitim doirasida ishlar 2022-yilda ham davom ettirilib, jumladan, 50 mingta kadrni roʻyxat asosida tanlovini oʻtkazib, oʻrnatilgan tartibda kelishuvdan oʻtkazib, Muzeyga taqdim etish belgilangan hamda ushbu yilda Muzeydan 40 ming AQSH dollari jalb etilgan.

  • BAA Milliy arxivi bilan 2019-yil 25-martda imzolangan Anglashuv memorandumi doirasida ishchi reja tasdiqlangan. 2019-yil 22-26-sentyabr kunlari BAA Milliy arxividan M.al-Muxenriy boshchiligida BAA delegatsiyasi aʼzolarining Oʻzbekistonga tashrifi uyushtirildi. 2019-yil 21-24-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Oʻzarxiv” agentligi va direktor v.v.b. M.al-Muxenriy oʻrtasida navbatdagi muzokaralar oʻtkazilgan. Loyiha qurilishi belgilangan dastlabki yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2020-yil iyunda BAA tomoniga tegishli dizayn-konsepsiyani ishlab chiqish uchun oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan hamda iyulda Agentlik tomonidan qoʻshimcha ravishda yer uchastkasining topografik syomkalari taqdim etilgan. 2021-yil 10-fevralda Abu-Dabi shahrida OʻzR Elchisi B.Ibragimovning BAA Milliy arxivi bosh direktori dr.Abdulla Alraisi bilan loyiha boʻyicha uchrashuvi oʻtkazilgan. 2021-yil 5-mayda “Oʻzarxiv” agentligi, BAA Prezidenti ishlari vazirligi, BAA Milliy arxivi va BAAda OʻzR Elchixonasi oʻrtasida loyihani jadallashtirish boʻyicha onlayn muzokaralar oʻtkazilgan. Yer uchastkasini Yunusobod tumani, Sh.Rashidov koʻchasi boʻylab joylashgan maydondan ajratish yuzasidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda 325-Fxdfu-son farmoyish tasdiqlangan. OʻzR Prezidenti saylovlarini oʻtkazish yuzasidan 2021-yil 22-26-oktyabr kunlari BAA Milliy arxivi bosh direktori dr.Abdulla Alraisining Oʻzbekistonga xalqaro kuzatuvchi sifatidagi tashrifi uyushtirilgan. Ushbu kuzatuvchiga hamrohlik qilish vazifasi “Oʻzarxiv” agentligiga yuklatilgan. Tashrif davomida kuzatuvchi Investitsiyalar vazirligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan loyiha yuzasidan ishchi uchrashuvlar oʻtkazgan, tanlangan yer uchastkasini koʻzdan kechirgan hamda bir qator saylov uchastkalarini ishini shaxsan kuzatgan. Xizmat safari yakunida kuzatuvchi samarqand shahriga madaniy xordiq sifatida tashrifi uyushtirilgan. 2021-yil noyabr oyida BAA Milliy arxivi rahbariyatida oʻzgarish sodir boʻlib, hozirda arxiv bosh direktori v.v.b. lavozimida Abdulla Majid Al Ali faoliyat yuritmoqda. Loyiha yuzasidan tegishli maʼlumotlarni aniqlashtirish boʻyicha BAA Milliy arxivi vakillari bilan 2021-yil 22-dekabrda onlayn muzokaralar oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.Xodjayev tomonidan 2022-yil 14-oktyabrdagi 24/1-1250xdfu-son topshirigʻiga muvofiq, loyihani jadallashtirish yuzasidan 2022-yil 24-oktyabrda “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining BAA Milliy kutubxonasi va arxivi Bosh direktori Abdulla Majid Al Ali bilan videokonferens-aloqa shaklida muzokara oʻtkazildi. Mazkur onlayn muzokarada Oʻzbekiston Respublikasining BAAdagi Elchisi A.Akkulov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi rahbari S.Xamidov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda BAA Milliy kutubxonasi va arxivi masʼul vakillari ishtirok etdilar. Muzokara davomida tomonlar oʻrtasida loyiha konsepsiyasi, hisobot maʼlumotlari hamda qurilish ishlarini boshlash grafigi toʻgʻrisida oʻzaro fikrlar almashildi. 2022-yil 7-noyabrda loyiha boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining BAA Milliy kutubxonasi va arxivi departament direktori Hamad Abdulla Al Mutairi bilan videokonferens-aloqa shaklida navbatdagi ishchi muzokara oʻtkazildi. Mazkur onlayn muzokarada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qurilish vazirligi masʼul vakillari va BAA loyiha muhandislari ishtirok etdilar. Muzokarada BAA loyiha muhandislari tomonidan loyiha dizayn-konsepsiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot oʻtkazildi va bu boʻyicha tomonlar oʻrtasida savol-javob tarzida oʻzaro fikrlar almashildi. Muzokara yakunida oʻzbek tomoni konsepsiya loyihasi boʻyicha qoʻshimcha taklfilarni, binoda qoʻriqlsh xizmatiga talablar, qurilish sohasiga doir normativ standartlar va oʻzbek tomonida loyiha koordinatori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni BAA tooniga ishchi tartibda taqdim etishga kelishildi va ushbu maʼlumotlar taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 14-noyabrdagi 02-1-2895-son topshirigʻiga muvofiq, BAA tomoni bilan muhokama qilinayotgan loyihalar yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022-yil 29-noyabrdagi 05-42-13462-son faksogrammasiga asosan 2022-yil 29-noyabrda mazkur vazirlik binosida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Agentlik direktori oʻrinbosari X.Isayev ishtirok etib, BAA tomonidan begʻaraz ajratiladigan texnik koʻmak mablagʻlari va grantlar hisobiga “Oʻzbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish loyihasi” boʻyicha axborot berdi.
  • 2022-yil mobaynida quyidagi ikki tomonlama mahalliy va xalqaro hamkorlik hujjatlari imzolandi:

1. 2022-yil 24-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi direktori Nozimjon Dalibayev oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv doirasida ishtirokchilar tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2. Isroil Davlatida 2022-yil 6-aprelda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” imzolandi.

3. 2022-yil 11-mayda Urganch shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Urganch davlat universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

4. 2022-yil 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I.Aliyevni Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 20-iyun kuni oʻtkazilgan “Oʻzbek-Ozarbayjon biznes-forumi”da “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” imzolandi.

5. 2022-yil 6-avgustda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum” imzolandi.

6. 2022-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

7. 2022-yil 7-oktyabrda Minsk shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

8. 2022-yil 3-noyabrda Bishkek shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum” imzolandi.

  • 2022-yil mobaynida xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan xizmat safarlari:

1. Isroil Davlatiga xizmat safariga U.Yusupov va D.Dadayeva 2022-yil 4-7-aprel kunlari yuborilgan. Xizmat safari doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum” imzolangan, shuningdek, “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi va Isroil Davlati Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi tomonidan “Oʻzbekistonda yahudiylar hayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusi boʻyicha qoʻshma koʻrgazma, davra suhbatlari, taqdimotlar oʻtkazilgan.

2. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi tashkilotchiligida “V Yosh arxivchilar yozgi maktabi” malaka oshirish dasturiga muvofiq “Raqamli transformatsiya sharoitida milliy arxiv qonunchiligi” mavzusida 2022-yil 14-18-iyun kunlari Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahriga “Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari A.Aliyev, Andijon arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Zuhriddinov va Oʻzbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimi Z.Xasanova xizmat safariga yuborilgan.

3. Joriy yilning 13-16-iyul kunlari U.Yusupov, D.Dadayeva, Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova va Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi A.Mamanazarov Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahriga xizmat safariga yuborilgan. Xizmat safari doirasida MDH davlat arxiv idoralari Maslahat kengashining navbatdagi 18-yigʻilishida ishtirok etilgan hamda Qozogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Kinofoto hujjatlari va ovoz yozish Markaziy davlat arxivi, Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti arxivi kabi bir qator tashkilotlarga ishchi tashriflar amalga oshirilgan boʻlib, u yerlardagi ish tajribalari oʻrganilgan.

4. Joriy yil 7-oktyabr kuni Belarus Respublikasi Minsk shahrida “Tarixda arxivlar – arxivlar tarixda” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida ishtirok etish uchun xizmat safariga U.Yusupov, D.Dadayeva va A.Ziyatdinov 2022-yil 6-8-oktyabr kunlari yuborilgan.

5. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi tashkilotchiligida “Ochiq jamiyatga – ochiq arxiv” I Xalqaro Arxivchilar Kongressida ishtirok etish uchun 2022-yil 18-22-oktyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahriga X.Isayev, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.Maxkamov, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi D.Kucharova, Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi Sh.Abduraximova xizmat safariga yuborilgan.

6. MOWCAP 9-Yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi “Jahon xotirasi” milliy qoʻmitasi nomidan hisobot bilan ishtirok etish uchun 2022-yil 24-26-noyabr kunlari U.Yusupov va Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi direktori M.Rihsiboyev Koreya Respublikasi Andong shahriga xizmat safariga yuborilgan.

7. Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Hujjatlarda Turkiya-Oʻzbekiston aloqalari” nomli kitob-albom taqdimotini oʻtkazish uchun 2022-yilning 21-24 dekabr kunlari U.Yusupov, A.Aliyev va Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova Turkiya Respublikasi Istanbul shahriga xizmat safariga yuborilgan.

  • 2022-yil mobaynida quyidagi xalqaro konferensiya va seminarlarda ishtirok etildi:

1. “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil 20-yanvarda onlayn formatda “Strategiya razvitiya novogo Uzbekistana na 2022-2026 godы: Novыe grani mejdunarodnogo sotrudnichestva v obrazovaniya, nauki i kulturы dlya duxovnogo prosvetaniya novogo pokoleniya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi;

2. SmartManagement ITC kompaniyasi tashkilotchiligida 2022-yil 31-martda onlayn vebinar formatida “Mejdunarodnыy standart ISO 9001 instrument razvitiya gosudarstva i obщestva” mavzusidagi Xalqaro vebinarda ishtirok etildi;

3. Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 12-aprelda Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida “Sivilizatsiyalararo muloqot - xalq diplomatiyasi rivojining muhim omili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etildi;

4. Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tashkilotchiligida 2022-yil 14-15-aprel kunlari onlayn formatda “KLIO-2022: Novыe Gosudarstva v XX veke. K 100-letiyu obrazovaniya SSSR” mavzusidagi XII Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi;

5. Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 11-mayda Toshkentdagi International mehmonxonasida “SHHT Xalq diplomatiyasi forumi” xalqaro forumda ishtirok etildi;

6. “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil 17-mayda onlayn formatda “Ot Strategii deystviy — k Strategii razvitiya: sovershenstvovaniye obrazovaniya, nauki i kulturы vo imya duxovnogo prosvetaniya molodogo pokoleniya” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi;

7. A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi tashkilotchiligida 2022-yil 25-27-may kunlari Andijon shahrida “Central Asia-2022: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi;

8. Xalqaro arxivlar kengashi tashkilotchiligida joriy yil 6-10-iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #ArchivesAreYou shiori ostida oʻtkazilgan #IAW2022 – toʻrtinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi;

9. Rossiya Federatsiyasining Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivining 2022-yil 10-11-iyun kunlari ““Osnovannыe voleyu Petra”: ekonomika Rossii i gornozavodskaya sivilizatsiya Urala. K 350-letiyu so dnya rojdeniya Imperatora Petra Velikogo i k 300-letiyu osnovaniya Permi, Yekaterinburga i Nijnego Tagila” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori v.v.b. A.V.Maxkamov tomonidan oʻz maʼruzasi bilan onlayn shaklda ishtirok etildi;

10. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi tashkilotchiligida “V Yosh arxivchilar yozgi maktabi” malaka oshirish dasturi bu yil 15-17-iyun kunlari “Raqamli transformatsiya sharoitida milliy arxiv qonunchiligi” mavzusida onlayn va oflayn formatda ishtirok etildi.

11. “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil 15-avgustda onlayn formatda “Novaya era innovatsionnogo akademicheskogo liderstva” mavzusidagi Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi;

12. Isroil Davlati Ariel universiteti tashkilotchiligida joriy yil 5-11-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori v.v.b. A.V.Maxkamov tomonidan Buxoro va Samarqand shahrida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston-Isroil birinchi akademik forumi”da ishtirok etildi;

13. Chelyabinsk arxiv xizmati tashkilotchiligida joriy yil 22-23-sentyabr kunlari onlayn formatda “Arxiv jamiyatda – jamiyat arxivda” mavzusidagi V Umumrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi Sh.A.Abduraximova tomonidan oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etildi;

14. Kareliya Respublikasi Milliy arxivi tashkilotchiligida joriy yil 22-23-sentyabr kunlari onlayn formatda “Arxivlar va geneologiya” mavzusidagi V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.S.Isakova va Z.Z.Xasanovalar tomonidan oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etildi;

15. Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining taklifiga koʻra joriy yilning 23-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan “Koreya Respublikasining tashkil topgan kuni” munosabati hamda Oʻzbekiston-Koreya diplomatik munosabatlarini oʻrnatilganligining 30 yilligi yuzasidan bayram tadbirida “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari X.N.Isayev va Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.S.Dadayevalar tomonidan ishtirok etildi;

16. Oʻzbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida joriy yil 29-sentyabr kuni “SHHT doirasida madaniy-gumanitar hamkorligi vektorlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov va Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.S.Dadayevalar tomonidan ishtirok etildi. Mazkur konferensiya yakunida “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov taqdirlandi.

17. Joriy yil 12-13-oktyabr kunlari onlayn formatda Sankt-Peterburg adabiyot va sanʼat Markaziy davlat arxivi tomonidan oʻtkazilgan “Shaxsiy fondlarda rasmli hujjatlar bilan ishlash: jamlash, saqlash, ilmiy tavsiflash va foydalanish xususiyatlari” mavzusidagi Xalqaro seminarda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.V.Mahkamov oʻz taqdimoti bilan ishtirok etdi.

18. “Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi” Respublika davlat muassasasining taklifiga muvofiq, “Ochiq jamiyatga – ochiq arxiv” I Xalqaro Arxivchilar Kongressi joriy yil 19-21-oktyabr kunlari Olma-Ota shahrida oʻtkazilganligi munosabati bilan Agentlik direktori oʻrinbosari X.N.Isayev, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.V.Maxkamov, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi D.L.Kucharova, Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi Sh.A.Abduraximova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

19. Joriy yilning 27-28-oktyabr kunlari Agentlik va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Umumrossiya hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) tomonidan oʻtkazilgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: raqamli asr merosini shakllantirish va saqlash” mavzusidagi XXIX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn formatda Agentlik Axborot xizmati rahbari A.O.Aliyev hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimi D.A.Kim maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning talablariga asosan Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha 2022-yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Kanada, AQSH, Germaniya, Isroil Davlati, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Niderlandiya, Polsha, Turkiya, Xitoy kabi xorijiy mamlakatlardan 60 ta murojaat kelib tushgan, 55 ta xorijiy foydalanuvchilarga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurish va u yerdagi arxiv materiallaridan oʻrnatilgan tartibda foydalanishlari uchun ruxsat berilgan.
  • 2022-2023-yillar uchun YUNESKO Qatnashuv dasturi doirasida moliyalashtiriladigan hamda loyiha byudjeti YUNESKO tashkilotining ustuvor yoʻnalishlariga hamohang ravishda har biri 26000 AQSH dollari miqdoridan oshmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining jami 4 ta loyihalari boʻyicha takliflari YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etildi.
  • Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Ko Gyu Chang boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturiga muvofiq 15-16-fevral kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov hamda janob Ko Gyu Chang boshchiligida Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavsizlik vazirligi departament direktori Yom Xyun Suk xonim va Koreya Milliy arxivi direktori katta oʻrinbosari Li Gem Ma xonim oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvda tomonlar Koreya Milliy arxivi bilan arxiv ishi sohasida 2016-yil 17-avgustda imzolangan hamkorlik memorandumi qoidalari asosida oʻrnatilgan doʻstona munosabatlar, jumladan, shu kunga qadar hamkorlikda amalga oshirilib kelinayotgan loyihalar va qoʻshma tadbirlar hamda boʻlgʻusida amalga oshirilishi lozim deb topilgan loyihalar toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdilar. Xususan, tomonlar arxiv ishi sohasida faoliyat yurituvchi malakali ekspertlar va mutaxassislar bilan oʻzaro almashinuvni yoʻlga qoʻyish, tomonlar tadqiqotchilariga davlat arxivlarida saqlanuvchi arxiv materiallarini tadqiq etish, ularning nusxalari bilan oʻzaro almashish, kelishilgan mavzular boʻyicha arxiv materiallarini chop etish, hujjatlar koʻrgazmalarini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni oʻtkazish, malaka oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarni qayta tiklash borasida takliflar bildirildi. 16-fevral kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U. Yusupov taklifiga binoan Li Gem Ma xonim ishtirokida “Arxiv tizimini raqamlashtirish bosqichlari” mavzusida seminar oʻtkazildi. Koreyalik ekspert Li Gem Ma xonim chiqib, u “Koreyada raqamli yozuvlarni boshqarish” mavzusida qiziqarli taqdimot oʻtkazib, unda Koreya Milliy arxivining hozirgi holati, raqamli yozuvlarning tavsiflari, ularni boshqarish jarayonlari, raqamli hujjatlarni saqlash va kelgusi yillarga moʻljallangan rejalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati”ning 55-bandiga asosan Xalqaro arxivlar kengashiga 2022-yil uchun aʼzolik badali amalga oshirilgan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli maʼlumotlar Adliya vazirligiga har oylik hisobot xatlari bilan taqdim etilmoqda.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qarori ilovalari bilan tasdiqlangan vakolatli organlar roʻyxatlaridagi 9-bandiga asosan “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “Arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish” vazifasi ijrosini taʼminlash choraklik tahliliy maʼlumotlar Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilmoqda.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67xdfu-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasini Oliy Majlisi Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha Komissiyasining 2022-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67xdfu-son qarori ijrosining borishi toʻgʻrisida” 1-sonli bayoni qarori qismining 2-bandi ijrosi yuzasidan har oyda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilmoqda.
  • “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzusida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan Oʻzbekiston milliy arxivlari hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan fotoarxiv hujjatlaridan iborat fotokoʻrgazma Toshkent Fotosuratlar uyida 2022-yil 4-14-mart kunlari oʻtkazilgan.
  • “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi va Respublika yahudiylar milliy madaniy markazi tomonidan “Oʻzbekistonda yahudiylar hayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusidagi koʻrgazma Muzey fondida saqlanayotgan Isroil Davlati bilan oʻrnatilgan diplomatik aloqalar, Oʻzbekistonda yahudiy xalqi hayoti, tarixi va madaniyatiga hamda Oʻzbekiston-Isroil munosabatlariga oid fotoarxiv materiallari asosida 2022-yil 26-30-mart kunlari oʻtkazilgan.
  • Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatini takomillashtirishga doir 2022-2026-yillarga moʻljallangan ish rejasining 10-bandi “Ozarbayjon, Belarus, Polsha, Oʻmon, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan arxiv ishi va ish yuritish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama xalqaro shartnomalar imzolash masalasini ishlab chiqish” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi har oylik hisobot maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etilmoqda.
  • 2022-yil 23-iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Umumiy tarix institutining tashkilotchiligida MDH Ijroiya qoʻmitasining MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2021-yil 14-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “MDH ishtirokchi-davlatlari tarixchilari va arxivchilari xalqaro assotsiatsiyasi (komissiyasi) toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq, Assotsiatsiya rasmiy aʼzosi sifatida “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov va Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.Dadayeva Assotsiatsiyaning navbatdagi yigʻilishida onlayn shaklda ishtirok etdilar.
  • Joriy yilning 5-6-aprel kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Isroil Davlatiga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qoʻlyozmalari aniqlangan boʻlib, ushbu kutubxona saqlovidagi mavjud qoʻlyozmalar (kitoblar)ning elektron nusxalari iyul oyida “Oʻzarxiv” agentligiga taqdim etildi. Jami 53 ta qoʻlyozmalar elektron nusxalari Oʻzbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga oʻrnatilgan tartibda qabul qilib olingan.
  • MDH mamlakatlari-davlat arxiv idoralari rahbarlari Maslahat Kengashining 18-yigʻilishi Bayonnomasi ijrosini taʼminlash yuzasidan maʼlumotlar joriy yil 17-avgustda hamda arxiv ishini rivojlantirish boʻyicha statistik koʻrsatkichlar jamlangan maʼlumotnoma 26-avgustda Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ga oʻrnatilgan tartibda taqdim etildi.
  • Minsk va Kishinyov Konvensiyalari doirasida joriy yilning 23-noyabr kuni oʻtkazilgan MDHga aʼzo mamlakatlar adliya organlari va konsullik xizmatlari qoʻshma yigʻilishida videokonferens-aloqa rejimida X.Isayev va D.Dadayeva ishtirok etdilar.
  • 2022-yil 23-noyabrda Rossiya Federatsiyasining Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Toshkent shahar AIHB, Oʻzbekiston FA Tarix instituti va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan rossiyalik hamkasblar tomonidan chop etilgan “Podvig rabochix kolonn” (“Mehnat koloniyalari jasorati”) nomli toʻplam-kitobning taqdimoti onlayn shaklda boʻlib oʻtdi. Mazkur toʻplam-kitobda Ikkinchi jahon urushi davrida Molotov oblasti (hozirgi Perm guberniyasi)ga safarbar qilingan mehnat koloniyalari, jumladan, Oʻzbekiston hududidan majburiy mehnatga safarbar qilingan vatandoshlarimiz tarixi keng yoritilgan.
  • Joriy yil 24-noyabr kuni Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Pamyatniki sogdiyskoy pismennosti” (“Soʻgʻd yozuvi yodgorliklari”) koʻp millatli nomzodnomasini YUNESKO “Jahon xotirasi” xalqaro reestriga kiritish ishlarini amalga oshirish boʻyicha vebinarda X.Isayev, D.Dadayeva, Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.Isakova va Z.Xasanova ishtirok etdilar.

Manba : Xalqaro munosabatlar bo`limi