Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining internetdagi www.archive.uz saytiga va Facebook sahifasiga MAʼLUMOTNOMA

“Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari - arxivda”

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur  (1483-1530 yy.) tavalludining 540-yilligi respublikamizda keng nishonlanmoqda.

Toshkent shahridagi  A.Xlebushkina nomli 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxiviga tashrifi tashkil etildi. Tashrif mobaynida arxiv binosida ekskursiya oʻtkazildi, arxiv kinozalida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini vatanparvarlik va yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish maqsadida arxiv saqlovidagi “Boburiylar izidan” (“Oʻzbekkinoxronika” 1993-y.) hujjatli filmni namoyish qilindi. Filmda Boburning Hindiston oʻlkasidagi hukmdorligi davri va uning tarixiy manbalari merosi yoritilgan boʻlib, mehribonlik uyi pedagog va tarbiyalanuvchilarida katta taʼsurotlar qoldirdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati