Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarni samarali ijro etish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida joriy yilning 1-5-noyabr kunlari “Sport xaftaligi” deb eʻlon qilingan.
Shu munosabat bilan, 2021-yil 3-noyabr kuni Xorazm viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi R.I.Matrasulov boshchiligida, tizimidagi davlat arxivlari xodimlari ishtirokida sportning futbol va stol tennisi turlari boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazildi.
Tadbirlardan koʻzlangan maqsad sogʻlomlashtirish tadbirlarini arxivchilar oʻrtasida ommaviylashtirishdir.