O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligida “Balli qizlar” bellashuvi o'tkazildi...

Joriy yilning 13 mart kuni “O'zarxiv” agentligi tizimidagi idoralar hodimalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini va sohaga oid bilimlarini oshirish va 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayramini munosib nishonlash maqsadida “Balli qizlar” bellashuvi o'tkazildi. Ushbu ko'rik tanlovda O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalaridan jami 12 ta vakil ishtirok etdi.

Mazkur tanlov arxivlarda faoliyat yuritayotgan xodimalarning arxiv ishi sohasiga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'zlashtirish darajalari va ijodiy maxoratlarini sinovdan o'tkazish maqsadida o'tkazildi.

 Tanlov ishtirokchilari quyidagi 5 ta shart bo'yicha o'z bilimlarini va maxoratlarini sinovdan o'tkazdilar:

1 – Ishtirokchi va u faoliyat yuritayotgan arxiv to'g'risida yoki arxivchi kasbiga oid taqdimot o'tkazish;

2 – Arxivchi imidjini shakllantirish (kiyinish va yurish turish madaniyati);

3 – Uy vazifasi sifatida arxiv ishi sohasiga oid o'zining muallifligida ishlab kelgan boshqotirmani (rebus, chaynvord, krossvord, sudoki va boshqalar);

4 – Taqdim etilgan hujjatlarning saqlov muddatlarini belgilash (namunaviy ro'yxatdan foydalanmagan xolda);

5 – Erkin mavzu (raqs, pantomima, intermediya, qo'shiq kuylash, yoki she'r aytish).

Bellashuvda qatnashgan respublika arxivlarining deyarli barcha muassasalaridan bildirilgan nomzodlar puxta saralandi va g'oliblar aniqlanib esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda «O'zarxiv» agentligi rahbariyati va xodimlari, respublika arxiv muassasalarining vakillari ishtirok etdilar.