O‘ZBEKISTONDA ARXIV IShINI ShAKLLANIShI VA ILK ARXIVLARNING PAYDO BO‘LIShI

#kitob_albom100
davomi...
O‘ZBEKISTONDA ARXIV IShINI ShAKLLANIShI VA ILK ARXIVLARNING PAYDO BO‘LIShI
O‘zbekistonda arxivlarning paydo bo‘lishi bevosita uning uch ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyo hududida qadimgi dunyo madaniyatining manbalaridan biri bo‘lgan davlatchilikning tashkil topishi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida aks etgan, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan birga bo‘lgan. Ma’lumki, yozuvning paydo bo‘lishi asta-sekinlik bilan arxiv ishining shakllanishiga ham olib keldi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra uning shakllanishiga talablarning o‘sishi, ya’ni davlat boshqaruvchilari bilan bir qatorda mahalliy aholining axborotlarni to‘laqonlicha qayd etilishi va uzatilishi, keyinchalik imkoniyatlardan kelib chiqib uning asl holatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlari katta ta’sir ko‘rsatdi.
O‘rta Osiyoning arab xalifaligi tomonidan bosib olinishi va arabografik yozuv tizimiga o‘tgandan so‘ng, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish sharoitida an’anaviy saroy, diniy va shaxsiy arxivlar bilan bir qatorda idoralarda – devonlar, kutubxonalar va madrasalarda ham hujjatlarni jamlash va saqlash rivojlangan.
Bugungi kungacha saqlanib qolgan O‘rta Osiyo hukmdorlari arxiv hujjatlarida asosan ma’lum mukofotlar berish to‘g‘risidagi yozuvlar, soliqlarni yig‘ish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliqlarni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozlari, iqtisodiy tusdagi turli xil yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar nusxalari yoki boshqa ma’lumotlar. Mavjud.
Hukumdorlarning (xon va amirlar) devonxonalarida ularning faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar mavjud edi. Shu bilan birga, Xiva xonligi davrida, Buxoroda bo‘lgani kabi, ish yuritish va hujjatlarni saqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar faoliyat ko‘rsatar edi.
Arxivni zamonaviy ma’noda, unda O‘rta Osiyoda mutaxassislar bilan ishlaydigan alohida, maxsus bo‘lim sifatida tashkil etish g‘oyasi faqatgina XIX asr oxirida shakllangan. Shunday qilib, 1870 yildan boshlab viloyat kengashlari qoshida maxsus idoraviy arxivlar tashkil etildi. Mahalliy milliy muassasalar: Qozon va Biysk sudlari, oqsoqollar idoralari faoliyati natijasida to‘plangan hujjatlar ish xonalarida saqlanar edi.

"O‘zbekiston arxiv xizmati 100 yoshda" kitob albomidan

Фото:Arxiv hujjatlarini tartibga solish.
Toshkent sh. 1922yil. O‘zR Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi.
Uporyadocheniye arxivnыx dokumentov.
g.Tashkent. 1922 g. SGA KFFD RUz.
davomi bor...