O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI ARXIVLAR: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosida O‘zbekistonda raqamli arxivlar yutuqlar va muammolar mavzusida xalqaro ilmiy-anjuman o‘tkazilmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya kabi o‘nlab davlatlarning olimlari va mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

"O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov anjuman avvalboshida dolzarb mavzudagi mazkur konferensiya ishtirokchilarini qutlar ekan, konferensiyadagi taqdim etiladigan har bir ma’ruza, takliflar amaliyot uchun juda muhimligini ta’kidladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati