O‘zbekistondan yana 2 ta nodir hujjatlar toplami YUNESKOning "Jahon xotirasi" ro‘yxatiga kiritildi.



















O‘zbekistondan yana 2 ta nodir hujjatlar toplami YUNESKOning "Jahon xotirasi" ro‘yxatiga kiritildi.


Moʻgʻuliston davlatida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha “Jahon xotirasi” qo‘mitasi (MOWCAP) 10-Yalpi majlisida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Oʻzbekiston milliy qo‘mitasi faoliyati yuzasidan hisobot berdi.

Moʻgʻuliston davlatida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha “Jahon xotirasi” qo‘mitasi (MOWCAP) 10-Yalpi majlisida “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi direktori Rixsiboyev Miraxmadjon Abdullo o‘g‘li Oʻzbekiston milliy qo‘mitasi tomonidan “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga taqdim etilgan yangi nomzodlar bo‘yicha hisobot berdi.

Moʻgʻuliston davlatida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha “Jahon xotirasi” qo‘mitasi (MOWCAP) 10-Yalpi majlisi doirasida O‘zbekiston tarafidan YUNESKOning "Jahon xotirasi" dasturi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etilgan ikki nomzodnoma - “Xudoybergan Devonovning Xorazm oazisi suratlari to‘plami” va "Turkiston albomi" bir ovozdan qabul qilindi.

Mazkur hujjatlar "Jahon xotirasi" ro‘yxatiga kirganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlar “O‘zarxiv” agentligi rahbariyatiga topshirildi.

Maʼlumot uchun: YUNESKO xalqaro tashkilotining “Jahon xotirasi” Dasturi doirasida dunyoda noyob hujjatli merosga ega bo‘lgan arxivlarni aniqlash va maxsus ro‘yxatga kiritish amaliyoti joriy qilingan.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati