O’zMMA raisi Sherzodxon Qudratxo’ja "O'zarxiv" agentligi direktori Ulug’bek Yusupov bilan uchrashdi

O’zArxiv agentligi binosida bo’lib o’tgan uchrashuvda Sherzodxon Qudratxo’jaga arxivda saqlanuvchi qimmatbaho tarixiy hujjatlar, qardosh millatlar tarixiga oid ajoyib arxiv materiallari bilan tanishtirildi. Bundan tashqari, “O‘zarxiv” agentligi xodimlari tomonidan arxiv faoliyati va unda saqlanuvchi bebaho manbalar haqida ma’lumot berildi.

Ma'lumot o‘rnida, yaqin kunlarda ikki tashkilot o’rtasida katta loyiha yo’lga qo’yilishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuvda ushbu loyihaning yuzasidan ayrim masalalar kelishib olishdi. Bu haqida keyingi postlarimizda batafsil ma’lumot beramiz.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati