Perm o‘lkasi hukumati, Perm o‘lkasi gubernatori ma’muriyati, Perm ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxivi vakillari "O‘zarxiv" agentligida bo‘ldilar.
Perm o‘lkasi hukumati, Perm o‘lkasi gubernatori ma’muriyati, Perm ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxivi vakillari "O‘zarxiv" agentligida bo‘ldilar.
Uchrashuv chog‘ida “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusidagi ko‘chma banner ko‘rgazmasini o‘tkazish va “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining jasorati” mavzusidagi arxiv hujjatlari to‘plamini nashrga tayyorlash bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi tomonlarga rasman topshirildi.
Mehmonlar uchun "O‘zarxiv" agentligida joriy etilgan yangi axborot tizimlari, ko‘rsatilayotgan onlayn xizmatlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Ikki davlat vakillari esdalik sovg‘alari topshirdilar.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Milliy arxivi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.