Polsha elchisi "O‘zarxiv"agentligiga tashrif buyurdi.

Polsha elchisi "O‘zarxiv"agentligiga tashrif buyurdi.


Joriy yil 26 fevral kuni Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Petr Ivashkevich bir guruh elchixona xodimlari bilan "O‘zarxiv" agentligiga tashrif buyurdi. 2020 yil yanvar oyidagi Polsha elchixonasining Agentlikka elchining tashrif buyurishi va o‘zaro hamkorlikni muhokama qilish tashabbusiga ko‘ra mazkur tashrif amalga oshirildi.
Elchini "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov kutib oldi.
Uchrashuv davomida "O‘zarxiv" agentligi va Polsha milliy xotira instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, arxiv hujjatlari ko‘rgazmalarini tashkil etish, arxiv ishida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, Polsha davlat arxivlari boshqarmasi bilan  hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Petr Ivashkevich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati, jumladan arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, restavratsiya qilish jarayonlari hamda arxiv ko‘rgazma zali bilan yaqindan tanishdi.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati