“Poytaxt” radiosida onlayn suxbat o'tkazildi...
O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 2015-yil "Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash borasida, shuningdek arxivda murojaatlarning ijrosini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot berish maqsadida 17 iyul kuni "Poytaxt” radiosida onlayn suxbat o'tkazildi. Mazkur suxbatda arxivning katta ilmiy xodimi S.S.Razakova ishtirok etdi. Suxbat jarayonida respublika arxiv muassasalari xususan, O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida bu borada amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.