Premyera
A.Navoiy nomli kinosaroyda (sobiq “Panorama” kinoteatri) Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi tomonidan suratga olingan “Borzenko : ring za kolyuchey provolokoy” hujjatli film premyerasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekistonlik A.A.Borzenkoning Buxenvald konslageridagi mahbusligi, majburiy boks uchrashuvlari (80 jangda gʻalaba qozondi), uning hayoti haqidagi hujjatli film nemis fashizmi ustidan qozonilgan gʻalabadagi yurtdoshimizning beqiyos qahramonligi namoyon etildi. Premyera ishida Rossiyaning hujjatli kinoijodkorlari guruhi, Oʻzbekiston Boks federatsiyasi rahbariyati va mashhur bokschilar, film qahramoni A.Borzenkoning oila aʼzolari, “Oʻzbekkino” agentligi, OAV va boshqalar ishtirok etdilar. Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori A.V.Mahkamov tadbirda Rossiyalik hujjatli kinoijodkorlar va Borzenkoning farzandlari bilan yaqin muloqotda boʻlib, Ikkinchi jahon urushi askari A.Borzenkoning hayotiga oid media materiallarni davlat saqloviga topshirish masalasi yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishildi.