PRESS-TUR

Mavzu: “Farg‘ona viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” mavzusida PRESS TUR
O‘tkazish vaqti: 2021 yil 24 mart, soat 09:00da
O‘tkazilish joyi: Farg‘ona viloyat davlat arxivi, Mag‘ilon shahar davlat arxivi, Farg‘ona shahar “Raksana” restorani. Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi,71-uy.
Tadbir tashkilotchisi:O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi.
Dastlab  jurnalistlar Farg‘ona viloyat davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv xujjatlari va  fotoko‘rgazma bilan tanishdilar.Farg‘ona viloyat davlat arxivi direktori D.Mallayev davlat arxivida hujjatlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng arxivida hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni, hujjatlarni restavratsiya qilish laboratoriyasi hamda hujjatlarni ta’mirlash jarayoni, ta’mirlashda ishlatiladigan xom-ashyolar va dastgohlar bilan tanishtirildi.
Press-tur “Asakabank” AJ banki Farg‘ona viloyat filialida davom ettirildi. Idoraviy arxivda davlat arxivlari xodimlari hujjatlarni jamlanishi va saqlanishi buyicha axborot berib, hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish jarayoni yuzasidan mahorat-darsi tashkil etdilar.
Jurnalistlar press-tur davomida Marg‘ilon shahar davlat arxivida tarixiy hujjatlar asosida tashkil etilgan fotoko‘rgazma hamda arxiv ishi va ish yuritish ishlari bilan tanishdilar.
Anjuman yakuniy qismida Farg‘ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Yu.Sh.Kamolovning davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish holati yuzasidan axboroti tinglandi.
Xususan, 2020 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatli hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va 1629 saqlov birligida, (2019 yilda 1438 saqlov birligida, o‘sish sur’ati 113%), 212683 kadr hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.
Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha jami 108 ta idoraviy hujjatlar                (2019 yilda 102 ta, o‘sish sur’ati 106%) ishlab chiqildi.
Arxiv ishini rivojlantirishda Internet tarmog‘idan foydalanishning texnik imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2020 yil davomida, viloyat davlat arxivlarida hujjatlarning saqlovini ta’minlashga oid zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jami 34 ta texnik jihozlar sotib olingan, bu maqsadlarga jami 196 mln. 629 ming so‘m mablag‘ sarf etilgan.
Viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi taklifi bilan Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan  2020 yil 30 oktyabr kungi 01-50-274-sonli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasi doirasida viloyatdagi 34 ta boshqarma va uning tizimidagi 500 dan ortiq shahar va tuman tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi. Olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tashkilot raxbarlariga ogoxlantirsh xatlari yuborildi.
Shuningdek, 34 ta boshqarma va uning hududiy tizimlarida faoliyat yuritayotigan arxiv ishi va ish yuritishga mas’ul xodimlariga o‘quv seminarlari tashkil etilib, seminar doirasida ish yuritish bo‘yicha muhim hujjat xisoblangan yig‘majildlar nomenklaturasi ishlab chiqilib, viloyat ekspert tekshiruv komissiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilib berildi.
Bundan tashqari viloyatda tashkil etilgan “Arxiv ishi, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha” 40 soatlik maxsus o‘quv kursi tomonidan shu kunga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan tashkilot, korxona va muassasalarining 3600 dan ziyod arxiv ishi va ish yuritishga mas’ul xodimlarini malakasi oshirilib, ularga tegishli tartibda sertifikatlar va arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar berildi.  
Farg‘ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasiga 2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi,
ishonch telefoni hamda yozma tarzda jami 76 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushdi hamda o‘rnatilgan tartibda  ko‘rib  chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi ta’minlandi.
O‘tgan yil davomida viloyat arxiv muassalariga jami 35370 ta (davlat arxivlariga 20 213 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 15 157 ta) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan, (2019 yilda 32 400 ta), shundan 31700  nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 33170 ta so‘rovlar ijrosi bajarilgan.
Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalariga 2021 yil davomida arxiv muassasalariga my.archive.uz portali orqali jami 2077 ta (oylik maoshini tasdiqlash 1915 ta, o‘qiganligini tasdiqlash 121 ta, mehnat faoliyatini tasdiqlash bo‘yicha 41 ta)jismoniy shaxslarning ijtimoiy so‘rovlari kelib tushgan bo‘lib, 1748 tasi ijrosi ta’minlanishiga erishildi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan jurnalistlar va fuqarolardan kelib tushgan savollariga javob berildi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligiAxborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev, Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.  


        “O‘zarxiv” agentligiAxborot xizmati
        tel.: (+99897) 149-70-27(324) faks: 277-13-35, www.archive.uz 


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати