Matbuot anjumani o'tkazildi
Mavzu: “O‘zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda 2021 yil 1-choragida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani
O‘tkazish vaqti: 2021 yil 30 mart, soat 11:00da
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosi. Toshkent shahri, Navoiy xiyoboni ko‘chasi, 16- uy.
Tadbir tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2021 yil I choragiga mo‘ljallangan rejasi 30 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 20 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (keyingi o‘rinlarda MAF) hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida davlat arxivlarida 42 111 saqlov birligi, (2020 yil I choragida 17 578 saqlov birligi, o‘sish sur’ati 240%), 2 717 756 kadr qog‘oz (2020 yil I choragida 1 557 160 kadr, o‘sish sur’ati 175%), 53 hisob birligida kino (2020 yil I choragida 52 hisob birligi, o‘sish sur’ati 102%), 6 553 hisob birligida surat (2020 yil I choragida 6 369 hisob birligi, o‘sish sur’ati 103%), 87 hisob birligida ovozli (2020 yil I choragida 83 hisob birligida, o‘sish sur’ati 105%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.
Agentlik tomonidan joriy yilning 1-choragida ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 3 mlrd. 783 mln. 650 ming so‘m (2020 yil I choragida 3 mlrd. 151 mln. 220 ming so‘m, o‘sish 120%)ni tashkil etdi.
“O‘zarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2021 yil I choragi davomida 82 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, 33 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilib, tashkilot va korxonalarga 10 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish (o‘rganish o‘tkazish) bo‘yicha joriy yil I choragi davomida tashkilot va korxonalarda 270 ta yalpi o‘rganish, 126 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi.
Agentlik markaziy apparatiga joriy yil I choragida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 289 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 262 ta, ishonch telefoni orqali 4 ta, yozma tarzda 23 ta murojaatlar kelib tushdi.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 870 ta (2020 yil I choragida 987 ta) murojaatlar kelib tushdi hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi ta’minlandi.
2021 yil I choragida Respublika arxivlariga 24 830 ta mavzuli (2020 yil I choragida 17 636 ta, o‘sish sur’ati 141%), 171 668 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi (2020 yil I choragida 116 730 ta, o‘sish sur’ati 147%) so‘rovlar kelib tushgan. Arxiv hujjatlari asosida 157 574 ta so‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 154 074 tasiga ijobiy javob berilgan bo‘lsa, 17 594 tasiga tegishli huquqiy maslahat berilgan.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 2021 yil 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun 6 nafar rahbar va mas’ul xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “O‘zarxiv” agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma (Vashington sh. va Toshkent sh., 2020 yil 29 iyul) asosida 2021 yil 14 yanvarda Texnik bitim imzolanishiga erishildi. 2021 yil 19 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va “O‘zbekiston-Isroil” do‘stlik jamiyati o‘rtasida manfaatli munosabatlarni o‘rnatish va idoralararo aloqalarni kengaytirish hamkorlik Memorandumi” imzolandi.Shuningdek, idoralararo hamkorligi bo‘yicha 2021 yil 25 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv” imzolandi.2021 yil 18 martda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.
“O‘zarxiv” agentligining 2021 yilga mo‘ljallangan Asosiy ish rejasida davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi. Jumladan, 2021 yilda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unga ko‘ra birinchi chorakda Sohaviy ish hujjatlarining davlat tilida yuritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan integratsiyasini ta’minlash masalalari to‘liq hal etildi. Bugungi kunda barcha davlat arxivlari davlat tilida elektron tizim orqali ish yuritilishi yo‘lga qo‘yildi. Sohada davlat tilida ish yuritish va til siyosatini takomillashtirish, davlat tilini rivojlantirish ishlarini kuchaytirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilib, masofaviy nazorat yo‘lga qo‘yildi.
2021 yil 1-choragida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan quyidagi: I-1m. «Kanselyariya Turkestanskogo general-gubernatora» fondi bo‘yicha bitta yig‘majildning hujjatlari; I-19m. «Ferganskoye oblastnoye pravleniye» fondining ikkita yig‘majildning hujjatlari; I-722m. «Shtab Turkestanskogo voyennogo okruga» fondining hujjati maxfiylikdan chiqarildi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: (+99897) 149-70-27 (324) faks: 277-13-35, www. archive.uz