PRESS-RELIZ

Mavzu: “Agentlik shoxsupasi” nomli shaxmat musobaqasi.
O‘tkazish vaqti: 2021 yil 20 avgust, soat 9:00da
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy arxivi. Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi 2 uy.
Tadbir tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi.
Shaxmat, shohmot (fors. shohmot - shoh o‘ddi) - sport turi. O‘yindan maqsad raqib shohini mot qilish. Ikki xil (oq va qora) rangdagi 64 ta teng katakli taxta (sath)da ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, 2 tadan rux, fil va ot, 8 tadan piyoda)da o‘ynaladi. Shaxmatda musobaqa paytida ma’lum sondagi yurishlar qilinishi uchun vaqt (dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat va h.k.) va o‘yin tugamasa qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Tezkor shaxmatda o‘yinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqida har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1-2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da o‘tkazilgan tadqiqotlar chog‘ida 7-8-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. 9-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish (shashxol)ning bekor qilinishi va bu o‘yinning rivojlanishida O‘rta Osiyo xalqlari muhim rol o‘ynagan. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Alisher Navoiyning “Majolis un nafois”, “Lison uttayr”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda to‘planishgan. Tabrizlik Ali ash Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga o‘zining va 14-asrgacha O‘rta Osiyoda yashagan ko‘plab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. U sohibqironning o‘zi bilan ham shatranj o‘ynab turgan.
Joriy yil 20 avgust kuni  “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Agentlik shoxsupasi” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda joriy yilning may oyida respublika bo‘yicha jami 200 ga yaqin ishtirokchilar turnirda qatnashgan. Musobaqalarda hududlarda shaxmat bo‘yicha  o‘tkazilgan birinchi bosqich g‘oliblari ishtirok etdilar.
Musobakalar avvalida so‘zga chiqqan “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sherzod Sodiqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qariri yuzasidan musobaqasida ishtirokchilari, xakamlar, tashkilotchilar va musobaqa kuzatuvchilariga mazkur qaror yuzasidan tegishli ma’lumotlar va tegishli tavsiyalarini berib kelgusidagi musobaqalarda faol bo‘lishga chaqirdi. Sportning xozirgi kundagi zarurati va sport bilan doimiy shug‘ullanib borish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Musobaqalarda 1-o‘rinnni Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Guliston tuman davlat arxivi arxivchisi Isroilov Shoxrux Ubaydulla o‘g‘li.
2-o‘rinni Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Jizzax viloyat davlat arxivi arxivchisi Navruzov Javlon Abduqaxxor o‘g‘li
3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi Qorao‘zak tuman davlat arxivi arxivchisi Sultonov Timur Atmuratovich egalladilar.
Shuningdek Agentlikning Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev yig‘ilganlarga “O‘zarxiv” agentligining sport bo‘yicha erishgan yutuqlarini sanab o‘tdi va sport arxivchi xodimlarning kundalik xayotida muxim ekanligini ta’kidlab tegishli tavsiyalarini berdi.
Tadbir so‘ngida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov g‘oliblarni tabrikladi. G‘oliblarga Agentlik direktori tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.          

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: (+99855) 503-01-50 (116), www. archive.uz, t.me/uzarxivs, www.facebook.com/uzarxiv


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati