PRЕSS-RЕLIZ
Mavzu: Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yangi bino ochilishiga bagʻishlangan tadbir.
Oʻtkazish vaqti: 2022-yil 31-yanvar, soat 11:00 da
Oʻtkazilish joyi: Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani yangi arxiv binosi
Tadbir tashkilotchilari: Jizzax viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Gʻallaorol tuman hokimligi, Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi.
Jizzax viloyati Gʻallaorol tuman davlat arxivi yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Jizzax viloyati Gʻallaorol tuman davlat arxivi eski binosi Doʻstlik mahallasi Doʻstlik koʻchasi 8 uy manzilida joylashgan edi. Gʻallaorol tuman davlat arxivi tarixi — 1938-yildan boshlanadi.
Gʻallaorol tuman davlat arxiviga yangi arxiv binosi qurilgunga qadar Gʻallaorol tuman MTP uchun 1956-yilda qurilgan masxsus binoda 26 yil davomida arxiv uchun moslashtirilmagan binoda ish faoliyatini olib borgan. Gʻallaorol tuman davlat arxivining bugungi kunga qadar 527 ta fonddan iborat 83 119 saqlov birligidagi xujjatlari talabga javob bermaydigan, avariya holatidagi binoda saqlab kelindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi
“2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-4936 sonli qarori” ning 3-ilovasiga asosan 2021-yilda Gʻallaorol tumanida yangi davlat arxiv binosini qurish davlat dasturiga kiritildi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
10-yanvardagi “2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4565-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining
20 yil 15-yanvardagi 12-sonli buyrugʻi asosida Gʻallorol tuman davlat arxivi yangi bino qurilishi ishlarini olib borish va unga masʼullar tayinlanishi toʻgʻrisida Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining 31.01.2020-yilda №19-sonli buyrugʻi qabul qilindi hamda qurilish ishlari Jizzax viloyat hokimligi Yagona Buyurtmachi Injenering kompaniyasi asosida pudratchi “Sarvinoz Lyuks Trans” MCHJ (Loyihachi:”Shaharsozlik Dizayn” MCHJ) tomonidan Gʻallaorol tuman davlat arxiviga Yangi Oʻzbekistonga mos yangi arxiv binosi qurilib foydalanishga topshirildi.
Mazkur bino qurilishi ishlariga 3 mlrd 530 mln soʻm mablagʻ sarflangan, xalqaro andozalarga mos keladigan, barcha qulayliklarga ega boʻlgan hamda eng soʻnggi anjomlar bilan jihozlangan.
Bugungi kunda arxivda ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy tarixini aks yettiruvchi milliy arxiv fondining hujjatlari saqlanmoqda. Gʻallaorol tuman davlat arxivida saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar 1913 yilga toʻgʻri keladi.
Hozirda Gʻallaorol tuman davlat arxivi Doʻstlik mahallasi Doʻstlik koʻchasida joylashgan. Yangi, zamonaviy va texnik jixozlangan arxivda 100 ming hujjat sigʻimi mavjud boʻlib, bu eski binoga nisbatdan 2 barobar koʻpdir. Bugungi kunda arxivda 10 — nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda.
Tadbirda Jizzax viloyat hokimi Ergash Alibekovich Saliyev, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Mirtalibovich Yusupov, Gʻallaorol tuman hokimi Oqboyev Jalolitdin Jamolovich hamda arxiv sohasi faxriylari soʻzga chiqishdi.
Taʼkidlanishicha, yurtimizda arxiv ishi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Gʻallaorol tuman davlat arxivi xodimlarini yangi bino ochilishi bilan qutlashdi. Sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani davlat arxivlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, arxiv hujjatlarini kelajak avlod uchun asrab-avaylashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi qayd etildi.
Oʻz tabrik soʻzida "Oʻzarxiv" agentligi direktori Ulugʻbek Mirtalibovich arxivlarimiz xalqimiz hayotida muhim oʻrin tutishini taʼkidladi: “Tariximizni oʻrganmay, bilmay turib, yangichasiga yashashni, hayot tarzimizni oʻzgartirishimizni, zamonga, buyuk ajdodlarimizga mos avlodni tarbiyalashimizni amalga oshirish qiyin boʻladi. Shuning uchun ham Arxivlarga eʼtibor yildan yilga ortib bormoqda. Mazkur davlat arxivi binosi ham Jizzax viloyat ahliga, jamiyatimizga ezgu maqsadlarda xizmat qiladi”.
Tadbir qatnashchilari yangi binoda yaratilgan qulaylik va sharoitlar bilan tanishishdi.
Xonalarga zamonaviy jixozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati, Jizzax viloyat hokimligi, Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, davlat arxivlari xodimlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: 55-50-301-50 (3), 97-149-70-27, www. archive.uz