PRESS-RELIZ
Mavzu: “Oʻzbek ayoli-oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzuida foto hujjatlari koʻrgazmasi
Oʻtkazilish vaqti: 2022-yil 4-mart, soat 11:00da
Oʻtkazilish joyi:Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Toshkent Fotosuratlari uy binosida,Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 4 uy.
Tadbir tashkilotchilari: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi , Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Toshkent Fotosuratlari uyi.
Aslida bahor va ayol egizak tushunchalar, desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Bahor ona tabiatga koʻrk bagʻishlasa, ayol hayot boʻstonining bogʻbonidir. 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar ayyomini bahorning ilk kunlarida nishonlanishida ham ajib maʼno-mazmun mujassam. Ayniqsa, bayram kunlari munis va moʻtabar onajonlarimiz, dilbar opa-singillarimiz taʼrifiga eng goʻzal ashʼorlarni bitamiz. Hayotimiz koʻrki, deya ularni koʻklarga koʻtaramiz. Bayram munosabati bilan butun yurtimiz boʻylab nafosat malikalari boʻlgan xotin-qizlarimizga alohida ehtirom koʻrsatiladi.
Ushbu bayram arafasida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida Toshkent Fotosuratlari uyida “Ulugʻxalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida “Oʻzbek ayoli-oʻtmish nafosat, kelajak ramzi” mavzusida 8- mart –Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan hujjatli foto koʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston milliy arxivlari hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan ikki yuzga yaqin foto hujjatlardan iborat uch davrni yani Turkiston oʻlkasi (1860-1923-y.y) Oʻzbekistonning XXasr (1924-1990y.y) va Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik yillarini (1990-2021) aks etiruvchi ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy xayotlarini yoritib beruvchi foto suratlar namoyish etildi.
Fotokoʻrgazmaning asosiy maqsadi, Oʻzbek ayollarini nafaqat tarannum etish balki anʼana va qadiryatlar bilan bir qatorda xar bir davrda xar sohada ilgʻor odimlab borayotganini arxiv hujjatlarida ommaga targʻib qilish.
Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, hamkor tashkilotlar, elchixonalar vakillari, Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: (+99855) 502-01-50 (3) faks:71- 277-13-35, www. archive.uz