Matbuot anjumani o‘tkazildi
Mavzu: “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022-yil 2 choragida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani
Oʻtkazish vaqti: 2022-yil 25-iyul soat 15:00da
Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi binosi. Toshkent shahri, Navoiy xiyoboni koʻchasi, 16- uy.
Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi.
Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi rahbarlari ishtirokida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022-yil
2 choragida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar xaqida axborot berildi:
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022-yil I yarim yilligiga moʻljallangan rejasi 21 ta koʻrsatkichlar boʻyicha bajarilib, shundan
19 ta koʻrsatkich boʻyicha oshirib bajarilgan.
2022-yil 1 yarim yillikda Respublika arxivlariga 39 864 ta mavzuli (2021-yil I yarim yilligida 72 438 ta, 55%), 219,5 mingta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi (2021-yil 1 yarim yillikka nisbatan 42 %) soʻrovlar kelib tushgan, Jumladan, Davlatxizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 140,4 mingta, pochta va elektron pochta orqali 30,6 mingta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, 48,5 ming nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 168,2 mingta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 156,9 mingtasi ijobiy hal etilgan, 11,2 mingtasi boʻyicha esa tegishli koʻrsatma va tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taalluqliligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 40,2 mingtani tashkil etgan.
Shuningdek, 2022-yil 1 yarim yillikda Davlat xizmatlari markazlari (DXM)
va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali kelib tushgan soʻrovlardan ijrosi taʼminlanganlari soni jami 79,3 mingtani tashkil etganligi, shundan, ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasi –
39,7 mingtani, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganligini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasi – 9,7 mingtani, yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi arxiv maʼlumotnomasi -
10,4 mingtani, mavzuli soʻrovlar boʻyicha arxiv maʼlumotnomasi – 18,9 mingtani tashkil etgan.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan
1694 ta (2021-yilning 1 yarim yilligida 3 879 ta) murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 830 ta murojaat qanoatlantirilgan, 696 tasiga tushuntirish berilganligi,
146 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotga yuborilgan va hozirda 22 ta murojaat ijrosi bajarilmoqda. Agentlik va uning tizimidagi davlat arxivlariga 2022-yil
I yarim yillikda kelib tushgan jami murojaatlar soni 2021-yil 1 yarim yillikda kelib tushgan murojaatlar soniga nisbatan 49,6 foizga qisqartirishga erishilgan.
Davlat arxivlari tomonidan qogʻoz asosidagi hujjatlardan 7 971,8 ming kadr (2021-yil 1 yarim yillikka nisbatan 110%), 164 saqlov birligida kino (101%), 12,1 ming hisob birligida surat (100%), 180 saqlov birligida ovozli (114%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan.
Agentlikda axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Agentlikning axborot xavfsizligi siyosati qayta koʻrib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Unda Agentlik tizimida ishlab chiqilgan va joriy etilgan axborot resurslari va axborot tizimlarini axborot xavfsizligi tamoyillari asosida yanada muxofaza qilish tartiblari belgilab oʻtildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-138-son qarori ijrosi boʻyicha joriy yil 1-iyul holatiga davlat arxivlari tomonidan jami 460,8 mingta qarorlar (qaror, bayonnoma, buyruq va boshqalar) xatlovdan oʻtkazildi, shundan 287 mingtasining elektron nusxasi (1252,9 ming kadr) yaratildi. Raqamlashtirilgan elektron nusxalarining 175,6 mingtasi (61 %) tuman sektor rahbarlariga taqdim etildi.
“Oʻzarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan 137 ta vazirlik
va idoralarda hamda tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati oʻtkazilgan, tekshiruv natijasida tashkilot va korxonalarga
111 ta taqdimnomalar kiritilganligi, 1 ta tekshirish materiali jinoyat alomatlari aniqlanganligi yuzasidan Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Respublika arxivlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 17,595 mlrd. soʻmni tashkil etganligi, shundan davlat arxivlarida 11,884 mlrd. soʻm, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 5,711 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Joriy yil I yarim yilligida Agentlik tomonidan jami 7 ta konferensiya,
14 ta seminar, 9 ta davra suhbatlari tashkil etilgan.
Isroil Davlatida 2022-yil 6-aprelda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” imzolandi.
2022-yil 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I.Aliyevni Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 20-iyun kuni oʻtkazilgan “Oʻzbek-Ozarbayjon biznes-forumi”da “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” imzolandi.
2022-yil I yarim yilligi mobaynida Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublkasi, Qirgʻiz Respublikasi, Polsha Respublikasi, Avstriya, Isroil Davlati, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada kabi xorijiy mamlakatlardan 13 ta xorijiy foydalanuvchilar davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishib, arxiv hujjatlaridan oʻrnatilgan tartibda foydalangan.
Isroil Davlati bilan oʻrnatilgan diplomatik aloqalarning 30 yilligi doirasida Isroil Davlatiga 2022-yil 4-7-aprel kunlari “Oʻzarxiv” agentligi delegatsiyasi tomonidan xizmat safari amalga oshirilgan. Al-Aqso majmuasi kutubxonasi tomonidan 45 ga yaqin Al-Buxoriy va At-Termiziyning noyob qoʻlyozmalarining elektron nusxalari “Oʻzarxiv” agentligiga begʻaraz taqdim etilgan hamda Oʻzbekiston Milliy arxivi, Islom sivilizatsiyasi markazi davlat saqloviga oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan.
Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati, Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: +99855-503-01-50 (3) faks:71- 277-13-35, www. archive.uz