PRESS-RELIZ

Mavzu: “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” bosh gʻoya asosidagi “Ajdodlarning boy maʼnaviy merosi arxivlar misolida” maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot yigʻilishi

Oʻtkazish vaqti: 2022-yil 12-avgust soat 15:00 da

Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Milliy arxivi.

Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi.

Globallashuv jarayonida mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar xalqimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, maʼnaviy hayotining mazmuniga aylanib ulgurdi. Keyingi yillarda ajdodlarning boy madaniy, maʼnaviy merosini targʻib qilish, davlatchilik tarixini oʻrganishda jamiyat intellektual mulkining muhim boʻgʻini boʻlgan arxivlarning ahamiyati sezilarli darajada oshmoqda. Zamonaviy sharoitda jamiyat tobora oʻtmishni xolisona oʻrganishga va davlatchilikning rivojlanish bosqichlari haqidagi tasavvur doirasini kengaytirishga intilib, haqqoniy tarixni yoritmoqda. Oʻz navbatida arxiv hujjatlarini ilmiy oʻrganish asnosida tarixning oʻrganilmagan sirlari ochilib, xalqimiz oʻzligini anglashga xizmat qilmoqda. Boy maʼnaviyatimizni asrab avaylashda "inson xotirasini saqlovchi dargoh"lar, yaʼni arxivlar, kutubxonalar va muzeylar faoliyati mustaqillik yilarida tubdan oʻzgardi. Tarixni targʻibot qilish, uni boricha xalqimizga yetkazishda arxiv hujjatlarining targʻiboti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-340-son qarori bilan belgilangan targʻibot tadbirlarida ajdodlarning boy maʼnaviy merosini targʻib qilishda arxiv muassasalari faol ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, hususan, quyi palataning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati oldidan Agentlik Prezident qarorida belgilangan targʻibot texnologiyalaridan biri – “Moziyga sayohat” mavzusida deputatlar uchun maxsus sayohat turi tashkil etildi. Oʻzbekiston milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan tashkil etilgan foto va hujjat koʻrgazmasi, Oʻzbekiston Milliy arxivining Koʻrgazmalar zali, hujjatlar saqlovini taʼminlaydigan maxsus xonalar, arxiv fondi hujjatlarini restavratsiya boʻlimi, noyob hujjatlar saqlovxonasi va boshqa maxsus xonalar sayohat-tur manziliga aylandi.  Shuningdek, deputatlar va boshqa ishtirokchilarga jadidlarning boy merosi va xayoti, ularning ijtimoiy kelib chiqishi, ijodi bilan tanishtiruvchi kinoxronika filmlari namoyish etildi. 

Davra suhbati oldidan deputatlar va tur ishtirokchilari 5 ta muhim boʻlimlarning ayoti bilan tanishtirildi.

Hozirda yurtimizda 8,4 million saqlov birligida milliy arxiv fondi hujjatlari mavjud. “Oʻzarxiv” agentligi tizimida 3 ta Oʻzbekiston Milliy arxivlari, 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmasi va ular tizimida 101 ta viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari, shuningdek, 122 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi ishi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib shu kunga jami  2200 dan ziyod tashkilotlar arxivchi va ish yurtiuvchi xodimlar malakasi oshirildi.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari boshlangandan buyon, Oʻzbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan umumiy hisobda deyarli 780 ming s.b.dagi 47,3 mln. kadr raqamlashtirilgan. 2022-yilning oʻzida Davlat arxivlari tomonidan qogʻoz asosidagi hujjatlardan 7 971,8 ming kadr (2021-yil 1 yarim yillikka nisbatan 110%), 164 saqlov birligida kino (101%), 12,1 ming hisob birligida surat (100%), 180 saqlov birligida ovozli (114%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan.

Davra suxbatida soʻngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni arxivchilar taʼsirchan usullarda ifoda etdi.

Deputatlar bugungi tinch va va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga, inson qadrini ulugʻlashga daʼvat etib, aholining hayoti darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish bilan bir qatorda aholining maʼnaviy ongini yuksaltirish, yoshlarimizning maʼnaviyatini, xalqimizning oʻzligi saqlanib kelayotgan arxiv hujatlarini targʻib qilish, oʻrganishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

Bugungi kunda birrgina Oʻzbekiston Milliy arxivida jadidchilikka oid minglab hujjatlar oʻrganilayotgani, 200 dan ortiq oʻz davrining taniqli maʼrifatparvarlarining shaxsiy fondlari saqlanayotganligi, bundan tashqari minglab qoʻlyozmalar, kitob va risolalar, oʻsha davrni aks etttiruvchi hujjatlar saqlanayotganligi eʼtirof etildi. Keyingi yillarda boy maʼnaviy merosni oʻrganishda xalqaro hamkorlik ham muhim ahamiyat tutmoqda. Jumladan,   Isroil davlati hamkorligining 30 yilligi doirasida joriy yilda Al-Aqso majmuasi kutubxonasi tomonidan 45 ga yaqin Al-Buxoriy va At-Termiziyning noyob qoʻlyozmalarining elektron nusxalari “Oʻzarxiv” agentligiga begʻaraz taqdim etilganligi ajdodlarimizning maʼnaviy merosi beqiyosligidan dalolat beradi.

Alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzarxiv” agentligi va milliy arxivlar veb-saytlari, Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari feysbukda https://www.facebook.com/uzarxiv/, telegramda https://t.me/uzarxivs, instagramda https://www.instagram.com/uzarxiv/ hamda https://ok.ru/group/61327207956574 va https://www.youtube.com/channel/UC--M39nMrUhv1gCPkHaliMw orqali yoritib borilmoqda.

Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi hamda Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati