"Germaniyalik o‘qituvchi va talabalar O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida"

Mavzu: “Nemis shoiri Genrix Geyne ijodi haqida” bosma adabiyotlar va fotokoʻrgazma Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida tashkil etildi.

Oʻtkazish vaqti: 2023-yil 16-mart, soat 10:00da

Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Kinofotofonohujjatlari milliy arxivi, Toshkent shahar, Chilonzor 1-tor

Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Kinofotofonohujjatlari milliy arxivi, Toshkent shahar, Chilonzor 1-tor

Germaniya Respublikasi Dyusseldorf  shahridagi Genrix Geyne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi oʻqituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida tashkil etildi. OʻzKFFH MA faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish,  hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish, Oʻzbekiston-Germaniya Respublikalari oʻzaro madaniy aloqalari tarixi haqida 2023-yilning 16-mart  kuni “Nemis shoiri Genrix Geyne ijodi haqida” bosma adabiyotlar va fotokoʻrgazma oʻtkazildi.

Tadbirda bino boʻylab ekskursiya,  turli mavzudagi foto koʻrgazmalar, taqdimotlar, maʼruzalar, hujjatli kinofilmlar namoyishi, ovozli  hujjatlardan  eshittirishlar,  interaktiv muloqotlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

OʻzKFFH fotokoʻrgazma MA xodimlari tomonidan tayyorlangan arxiv faoliyatini va koʻrsatiladigan xizmatlarni yorituvchi  maʼruza taqdimotlari mazmunli va ishtirokchilar eʼtiboriga sazovor boʻladigan yuqori saviyada oʻtkazildi.

Ekskursiya va fotokoʻrgazma tashrif buyurgan mehmonlarda katta taassurotlar uygʻotdi.

Shuningdek, ekskursiya yakunida muhokama va munozaralar, savol-javoblar tashkil etildi hamda ishtirokchilarga esdalik  sovgʻalar  taqdim etildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati