Prezident tabrigiga munosabat

Til - davlat timsoli, mulki, ruhi, madaniy va ma’naviy boyligidir.

       Xalqning azaliy qadriyati, urf-odati, buguni va kelajagi ham til bilan bog‘liqdir. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishda biz avvalo ona tilimizga tayanamiz. O‘zbek tilining maqomini yuksaltirishga qaratilgan sa’yi harakatlar jamiyat, davlat hayotida ona tilimizga bo‘lgan hurmatni oshishiga, ma’suliyat va g‘ururni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, ko‘plab arxiv hujjatlarining til bilan bog‘liq bo‘lgan, jadidchilik bilan bog‘liq bo‘lgan asrlar davomida saqvlanib kelayotgan durdona va noyob xujjatlarning ochiqlanishi, adabiyotda yangi ijodiy yo‘nalishning boshlab berilishi millat ruhida yangi Renessansni boshlanishi deb e’tirof etildi.
    Xalqimiz, Renessansning yangi bosqichi boshlanganligini, uni birgalikda bir tanu-jon bo‘lib, mustahkam davlatchilik, yuksak ma’naviyat va idrok bilan boshlanganligini qayd etmoqda. Ilgari dunyoda o‘zbek tilida so‘zlashadigan xalqlar borligidan bexabar edik, biron bir davlatda o‘zbek tilida ta’lim olish u yoqda tursin, o‘zbek, O‘zbekiston deya atalgan davlat borligidan taajubda yurgan fuqarolar borligi ham alam qilar edi. O‘shanda bizni tilimiz ham xalqaro miqyosga chiqsa, boshqa xalqlar ham o‘rgansa deb orzu qilar edik. Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘zbek tilining borligi qayd etildi, dunyo tanidi, 50 mln dan ortiq fuqarolar o‘zbek tilida bemalol so‘zlashadi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining 60 dan ziyodida o‘zbek tili va adabiyoti o‘rgatilmoqda. Mana shu emasmi buyuk ajdodlarimizdan, jadidchi bobolarimizdan qolib kelayotgan orzular. Ularga armon bo‘lgan orzularini bugun ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘ldik. Ayniqsa, so‘ngi ikki yilda O‘zbekiston Prezidentining 2 ta Farmoni, Hukumatning 10 dan ortiq qarorlarining qabul qilinishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini o‘tgan 30 yildagidanda oshirib yubordi. Biz arxivchilar kuni kecha Davlat rahbarining 21 oktyabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigini o‘qir ekanmiz, o‘z vatanimizda o‘z tilimizda, dinimizda, e’tiqod bilan to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizga yana bir bor iqror bo‘ldik. G‘urur va iftihor baxsh etgan mazkur tabrik bayram kuni o‘tkazilgan tantanalarga milliy ruh bilan birga Prezident o‘zbek tilini rivojlantirish strategiyasining moderatori deya e’tirof etildi. O‘zbek tilining 50 ta eng yirik tillar orasida ekanligi esa barchamizda milliy g‘ururni uyg‘otadi. Ona tilimizni qadri va nufuzini oshirishda keyingi yillarda qabul qilingan Farmon va Qarorlarni ijrosi o‘laroq, arxiv sohasida ham yuksalish davri boshlanganligi, barcha arxivchilarning iftihori bo‘lgan O‘zbek tili sohamizda tobora keng qo‘llanilayotganligi bejiz emas. Jumladan, o‘zbek tili tarixi bilan bog‘liq arxiv hujjatlarini o‘rganish bundan 4 yil oldinga nisbatan 7 barobarga oshib, davlat arxivlarida saqlanayotgan 2367 ta arxiv hujjatlari 4,5 ming marotaba foydalanilgan. Arxivchilar ruhiyatini ko‘targan yana bir misol til tarixini o‘rganishdagi arxiv xizmatlarining tabrikda tilga olingani, mehnatning olqishlanganidan dalolatdir. Xalqimizga yo‘llangan tabrikda tilimiz ravnaqiga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi. Xorijliklarga o‘zbek tilini o‘qitish va adabiyotgan bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi tashabbuslar albatta xorijliklarni tilimz tarixini o‘rganishga undaydi. Til tarixi esa xalqimiz bisoti bo‘lgan arxiv javonlarida o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Shuhrat Tursunbayev
“O‘zarxiv” agentligi
direktori maslahatchisi


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati