"Qadring baland bo’lsin, ona tilim"

21-oktyabr - "O’zbek tili bayrami kuni" deb e’lon qilinishi munosabati bilan Surxondaryo viloyat Angor tuman davlat arxivida "Qadring baland bo’lsin, ona tilim" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’lishi, hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga yerishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga yega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar.    

Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek : “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug’urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.

Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi.     

Masalan,    A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o’zi yashagan murakkab davrda tilimiz himoyasiga otlanib, turkiy til o’z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O’zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi.

Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon yetuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo’lgan xalqning buyuk tili ham bo’ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak.

1989-yil 21-oktyabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.

Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, mashhur bo’lgan A. Navoiy bobomizga tegishli “Ko’ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so’z bil”. Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so’zdir. 

Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so’z va so’z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo’llaniladigan so’zlarni o’z ichiga olgan besh jildlik “O’zbek tilining izohli lug’ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning yeng muhimlaridandir.

Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegasiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g’alabalari sharafiga o’zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.

Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum yesak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz mustahkam bo’ladi.

O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali​​​​​​​  https://t.me/uzarxivs

Surhondaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy kanali https://t.me//surxonarxiv


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati