Qaror va ijro

Qaror va ijro

Ilgari arxiv hujjatlaridan foydalanish deganda ma’lumotnoma olishni tushunar edi. Arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim olish maqsadida yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xujjatlarni o‘ylab ham ko‘rilmas edi. Chunki, ko‘proq arxivdan “spravka” olib keling qabilidagi xujjat so‘rovchilar ko‘p edi. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida ko‘p yillar tajribaga ega bo‘lganlar yaxshi biladiki, arxiv xujjatlaridan foydalanishning o‘ziga hos xususiyatlari mavjud. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, arxiv xujjatlaridan tartibli foydalanish bo‘yicha nizomlar tasdiqlandi. Davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi tasdiqlanib, har bir foydalanuvchining huquq va qonuniy talablarini qondirish, ular bilan ishlashda davlat arxivlarimiz xodimlari katta tajribaga ega. Shunday bo‘lsada, foydalanuvchiga zarur shart-sharoitlarni yaratish, so‘ralgan ma’lumotlarni tezkorlikda topib berishda extiyotkorlik, mas’uliyat, javobgarlik xissini yuqori biladi. Bu esa kutubxona, axborot-resurs markazlari foydalanuvchilari va mas’ullaridan tubdan farq qiladi. Birinchidan, foydalanuvchi davlat arxivlarining o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun tegishli tashkilotlarning rejaga muvofiq xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni yoki xizmat vazifalarini bajarayotganligi to‘g‘risida rasmiy xat taqdim etadi. Ikkinchidan, shaxsiy tashabbus bilan mustaqil tadqiqot olib borayotgan foydalanuvchi o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan davlat arxivi rahbariga ariza bilan murojaat etib, shundan so‘ng foydalanadi. Yangiliklardan biri, foydalanuvchi arxiv rahbariyatining yozma ruxsati bilan boshqa foydalanuvchilarning ishlashiga xalaqit bermagan holda shaxsiy texnik vositalardan - noutbuk, netbuk, diktofon olib kirishi va foydalanishi yoki arxiv texnik vositalarini ijaraga olishi mumkin. Keyingi yillarda arxiv xujjatlaridan foydalanish borasida statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, nafaqat ilmiy tadqiqotchilar, balki turli vazirlik va idoralarning ishchi guruhlari, hatto Hukumat darajasidagi ishchi guruxlar arxiv xujjatlaridan foydalanishmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Milliy arxivi Markaziy Osiyoda eng yirik arxivlardan hisoblanadi. Unda saqlanayotgan eng tarixiy va “yoshi katta” hujjatlar bu 9 asrga oid hujjatlardir. Eng qizig‘i, foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Eng ko‘p foydalanilayotgan xujjatlarga e’tibor qaratsak, bu Buxoro amirligining Vaqf xujjatlaridir. Bir yil davomida asosan, 1800-1900 yillar oralig‘idagi Vaqf xujjatlari ko‘proq ko‘rilgan. Bundan tashqari foydalaniuvchilar O‘zbekiston muzeylarining, kutubxonalarining shakllanishi davri xujjatlarini ko‘p ko‘rishadi. Shu bilan birga ko‘proq shaharsozlik, ma’muriy xududlarning eski nomlari, Kasaba uyushmalarining shakllanish tarixi xujjatlaridan ko‘proq vazirlik va idoralarning hodimlari foydalanadilar. Tarixchi olimlarimiz, jurnalistlarimiz tomonidan yil davomida Turkiston o‘lkasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi davrining 1905-1935 yillar ko‘proq ko‘rilganligini ko‘rishimiz mumkin. Foydalanuvchilar eng ko‘p foydalangan xujjatlarga e’tibor qilsak, eng ko‘p Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi davrlari arxiv xujjatlaridir. Shu bilan birga keyingi yillarda qatag‘on yillari siyosati, iqtisodi, qurbonlari aks etgan arxiv xujjatlari ko‘p foydalanmoqda. Maqolani tayyorlash jarayonida o‘quv zalidagi foydalanuvchilar bilan suhbat olib borildi. Aniqlanishicha, O‘zbekiston Milliy arxivi o‘quv zalida Qatog‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini aniqlash borasida tuzilgan Respublika ishchi guruhi faol ishlab turganini ko‘rdik. Ha, bu bejizga emas, qatag‘on qurbonlarini aniqlash, ularning faoliyati bilan tanishish, hayotini o‘rganish, avlodlarga yetkazish masalasidagi Davlat Rahbarining farmoyishi qabul qilingan. Respublika ishchi guruhi ham aynan shu masalada arxivimizdan ma’lumotlar olmoqda. Bundan tashqari kuni kecha Agenligimiz direktori ham o‘z hizmat safari davomida Navoiy viloyatida qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatinini o‘rganuvchi ishchi guruh faollari bilan ham uchrashib, ularga yangi-yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Xujjatlardan foydalanish tartibiga muvofiq bir vaqtning o‘zida foydalanuvchiga 5 tagacha ro‘yxat, 15 tagacha yig‘majild/arxiv hujjati, xizmat safaridagi foydalanuvchilar uchun 8 tagacha ro‘yxat va 20 tagacha yig‘majild yoki 15 — 20 saqlov birligida uzog‘i bilan 3 soat vaqt mobaynida eshitiladigan kino-foto-fonohujjatlar berilishi mumkin. Bugungi kunda aynan shu tartib asosida ishlayotganlarni fotosuratlarda ko‘rishingiz mumkin.

Shuxrat Mir Rayim


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати