Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yil 20 yanvar kuni 2021 yil yakunlariga bag`ishlangan brifing tashkil etildi. Brifingda viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Brifingda so`z olgan boshqarma boshligʻi S Babaqulov OAV xodimlariga o'tgan 2021 yilda sohada olib borilgan ishlar, Prezident hamda Hukumat topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Shundan soʻng jurnalist va blogerlar oʻzlari qiziqtirgan savollari bilan brifing tashkilotchilari bilan muloqot qildilar.

Brifingda ishtirok etgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligi U Nusurov arxiv sohasida qiziqtirgan savollar bilan murojat qildi.

Brifingda ishtirok etgan OAV muxbirlari.

Brifingda boshqarma mutaxassislari va viloyat hamda tuman davlat arxivlarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi S Babaqulov OAV muxbirlariga intervyu bermoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati