Qashqadaryo viloyatida arxivchi yoshlar bilan ochiq muloqot
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qashqadaryo viloyati arxivchi yoshlarning faoliyatida ularning yutuqlari, muammolari haqida ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish davlat dasturiga asosan arxiv ishi va ish yuritishning normativ va uslubiy bazasini takomillashtirish, arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish, orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish, arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini tashkil etish, arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etishda bilimli yoshlarimiz harakat qilishlari kerakligi ta’kidlandi.
Buning uchun yoshlar o‘z ustida ishlashlari, o‘qishlari, xorijiy tillarni o‘rganishi, malaka oshirish va stajirovka uchun chet ellardagi arxivlar bilan muloqot qilishlarini kerakligiga to‘xtaldi. Hozirda Agentlik tomonidan o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni O‘zbekiston Milliy universitetida “arxivshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha maxsus sirtdan o‘qitish yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot sifatida yetkazildi.
Respublikamiz arxivlarida saqlanayotgan noyob arxiv hujjatlari saqlanmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.