Qiqqat e'lon...
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi korxona va tashkilotlardan tashkilotning
rasmiy veb-saytini qayta ishlab chiqib va unga bir yil davomida texnik qo’llab-quvvatlash bo’yicha tijorat takliflarni yuborishni so’raydi.
Saytga ishlab chiqish bo’yicha talablar:
1) Mavjud saytni o’rganib chiqib ichidagi ma’lumotlarni rezerv nusxalarini olish;
2) Yangi saytni individual tartibda dizaynini ishlab chiqish va uni rahbariyat bilan tasdiqlash;
3) Saytni qonunchilik talablariga muvofiq 355-sonli Vazirlar Mahkamasining qaroriga moslashtirish;
4) Interaktiv xizmatlarni joriy qilish;
5) Mavjud axborot tizimlar bilan integratsiya qilish;
6) Saytning texnik topshirig’ini ishlab chiqish;
7) Saytni bir yil davomida texnik tomondan qo’llab-quvvatlash va buyurmachining murojaatiga asosan 1 ish kunida kechiktirmay topshiriqni ijrosini ta’minlash;
8) Xosting xarajatlari 1 yil davomida pudratchi tomonidan qoplanadi;
9) Pudratchi tashkilotning ma’sul xodimini veb-saytga ma’lumotlar joylashtirish bo’yicha o’qitilishi shart. Ayrim holatlarda agar tashkilotning ma’sul shaxsi o’zgarib qolsa boshqa hodimni o’qitib berishi shart va unga qo’shimcha pul to’lovi to’lanmaslikni inobatga olishlari so’raladi;
10) Veb-sayt ishlab chiqilganidan so’ng uni tashkilot mas’ul hodimi bilan test jarayonini o’tkazish;
11) Veb-saytga ma’lumotlarni to’ldirishda amaliy yordam ko’rsatish;
12) Ishlab chiqaruvchi tashkilot “Dasturchilar va dasturiy maxsulotlar milliy katalogi”dan ro’yxatdan o’tgan bo’lishlari shart;
13) Veb-sayt ishlab chiqish bo’yicha tajribaga ega bo’lishlari shart, kamida 3 yil va sohaga doir boshqa tashkilotlarga veb-sayt ishlab chiqilganligi va amalda joriy etilgan saytlarning na’munalarini ko’rsatishlari so’raladi (Kamida 10 ta loyiha);
14) Ishlab chiqaruvchi tashkilot Toshkent shaxrida ish yuritishi va lekvidatsiya arafasida yoki sud jarayonlari bilan bog’liq holatda bo’lmasligi shart;
Tijorat takliflar 2018 yil 23 mart 17.30 ga qadar “O’zarxiv” agentligi binosida
qabul qilinadi. Manzil Toshkent sh. Chilonzor ko’chasi 2 uy.
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon raqam: (0371) 277-13-35
e-mail: uzarchive@archive.uz