Qonun ustuvorligi amalda

 

O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar Jamiyatining joriy yil 11 martda o‘tkazilgan Markaziy Boshqaruvi (III-Plenumi) yig‘ilishi kun tartibida O‘zbekiston Respubli-kasining “Arxiv ishi to‘g‘risida” Qonuni va qonunosti me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlashni tashkil etilishi, so‘nggi yillarda e’lon qilingan me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyatini o‘rganish masalasi ko‘rildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy arxivi direktori o‘rinbosari Alijon Maxkamov ishtirok etib jamiyat tizimidagi tashkilotlarda ish yuritish va arxiv ishini yaxshilash, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha uslubiy-nazariy ma’lumotlar berdi. Tadbir “Yangiyo‘l” sihatgohi binosida jamiyat tizimidagi o‘quv ishlab chiqarish korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати