Qonun va ijro

Bugun 15 iyun “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligining 12 yilligi munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligida tadbir o‘tkazildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Agentlik direktori U. Yusupov tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir guruh faxriy arxivchilarni, bugungi kunda faol mehnat qilib kelayotgan arxiv xodimlarini Agentlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirladi. Xususan, O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi xodimi, Agentlik kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Shirmuhamedova Karomat Monnapovna hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Ziyayeva Malika Aytbayevna O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh arxivchilar Agentlikning “Faxriy Yorlig‘i” va “Tashakkurnoma”si bilan mukofotlandilar. Barcha taqdirlanganlarga Agentlikning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati