Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yоng‘in xavfsizligi choralarini ko‘rish - xotirjamlik garovidir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yоng‘in xavfsizligi choralarini ko‘rish - xotirjamlik garovidir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi MCHJ “Ustyurt gazkimyo majmuasi”da O‘zbekiston Respublikasi FVV tomonidan “YOng‘in xavfsizligini ta’minlash ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar ishida “O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlari” vazirliklar, davlat qo‘mitalari, kompaniyalar va tashkilotlarning mas’ul rahbarlari ishtirok qildi.“O‘zarxiv” agentligi tizimdagi toifalangan ob’ekt sifatida O‘zbekiston Milliy arxiv direktor o‘rinbosari A.V.Mahkamov seminarda ishtirok etdi. Seminar ishida yong‘in xavfsizligi samaradorligini oshirish, o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash holatlari, mas’ul xodimlar malakasini oshirish, jahonda va respublikamiz hududida sodir bo‘lgan avariyalar va favqulodda holatlar hamda ularni keltirib chiqargan sabablar o‘rganildi. Seminarda yong‘in va qutqaruv tizimida texnika vositalari va jihozlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. “Uz-Kor Gas Chemical” QK MCHJ “Ustyurt gazkimyo majmuasi” yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rgazmali yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqlari o‘tkazildi.