Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Arxivi tomonidan tashkillashtirib kelinayotgan “V Yosh arxivchilar yozgi maktabi” malaka oshirish dasturi joriy yil 15-17 iyun kunlari “Raqamli transformatsiya sharoitida milliy arxiv qonunchiligi” mavzusida gibrid formatda o‘z ishini boshladi.
Dastur ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya va O‘zbekiston arxivchilari ishtirok etmoqdalar. Yozgi maktabda ma’ruzalarni Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya, O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning olimlari va yetakchi amaliyotchi arxivchilari o‘tkazishlari rejalashtirilgan. Tadbir dasturi ma’ruzalar, davra suhbatlari, mahorat saboqlariga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Tadbirni tantanali ochilishida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov o‘z nutqi bilan onlayn formatda ishtirok etdi.
Yosh mutaxassislarning yozgi maktabi yosh arxivchilarning malakasini oshirish, arxiv ishining yangi texnologiyalari va zamonaviy uslublari bilan yaqindan tanishtirish, arxiv sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi shak-shubhasiz.