Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Atamkulov Beybut Bakirovich “O‘zarxiv” agentligiga tashrif buyurdi.





















Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Atamkulov Beybut Bakirovich “O‘zarxiv” agentligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini arxiv sohasida ham yangi bosqichga ko‘tarish,  arxivlar o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy maʼno-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, bu yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, arxivda hujjatlar saqlovini taʼminlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi. 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati