Sirdaryo viloyat davlat arxivlarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Istiqboldagi mavzular mavzusiga bag‘ishlangan PRESS-TUR o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyat davlat arxivlarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Istiqboldagi mavzular mavzusiga bag‘ishlangan PRESS-TUR o‘tkazildi.
«O‘zarxiv» agentligi, Axborot va kommunikatsiyalar agentligi hamda Sirdaryo viloyat arxiv ishi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur Press-turda bir qator jurnalistlar Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.
Press-tur davomida Sirdaryo viloyat davlat arxivi, Yangiyer shahar davlat arxivi, Qatag‘on qurbonlari muzeyi kabi bir qator obyektlarda jurnalistlar bo‘ldi.
Shuningdek, press-turda arxivlarda arxiv hujjatlarini saqlovini taʼminlash, hujjatlarni saqlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hujjatlarning jamlanishi, ulardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, arxiv hujjatlarini restavratsiya konservatsiya qilish, hujjatlarni raqamlashtirish va axborot tizimlariga kiritish holati kabi jarayonlar bilan tanishtirildi.
Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida 2023 yil hamda 2024-yilningo‘tgan davrida davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari bu – viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish, Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobini yuritish va ulardan keng foydalanishni tashkil etishdan iborat.
Hozirgi kunda viloyatda jami 8 ta arxiv muassasasi faoliyat yuritayapti.
Shundan:
- 4 ta davlat arxivlari;
- 4 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi.
Viloyatdagi faoliyat yuritayotgan arxiv muassasalarida bugungi kunda jami 717.420 ta saqlov birligidagi arxiv hujjatlari saqlanmoqda, shundan 480.859 ta S.b. boshqaruv hujjatlari, 217.970 ta S.b. shaxsiy tarkib hujjatlari, 18.591 ta S.b. shaxsiy kelib chiqish hujjatlari hisoblanadi.
Viloyatdagi arxiv muassasalarida saqlanayotgan milliy arxiv fondiga tegishli boshqaruv hujjatlarining 380.455 ta S.b. hujjatlar sobiq ittifoq davriga oid, 336.965 ta S.b arxiv hujjatlar mustaqillik davriga oid arxiv hujjatlari hisoblanadi. Boshqaruv hujjatlardan 9.298 ta saqlov birligida alohida qimmatli hujjatlar hisoblanadi.
Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlarda arxiv ishini rivojlantirishning 24 banddan iborat rejaning barcha bandlari bo‘yicha bajarishga erishildi va 22 ta band bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi.
Xususan, viloyat bo‘yicha 2023 yil davomida hujjatlar yig‘ma jildlarini 15804 saqlov birligidagi varaqlarini taʼmirlash ishlari olib borilib, rejaning 165 foiz bajarishga erishildi.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha 2023 yil davomida 13801 ta saqlov birligida arxiv hujjatlarda muqovalash va tikish ishlari olib borilib rejaning 148 foiz bajarishga erishildi.
Arxiv hujjatlarini elektron nusxalarini yaratish raqamlashtirish hozirda eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadida bu yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamda ishlar olib borildi.
Qog‘oz asosidagi 13.712 ta saqlov birligidagi hujjatlardan 1.484.064 ta kadr miqdorida hujjatlarni elektron nusxalari yaratildi va reja 121 foizga bajarildi.
O‘tgan yil davomida viloyatdagi davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga jami 12.554 ta S.b. boshqaruv arxiv hujjatlari hamda 21430 ta saqlov birligida shaxsiy tarkib hujjatlari arxiv saqlovlariga qabul qilindi.
Idoraviy arxivlarida Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlovini yana-da yaxshilash hamda arxiv ishi va ish yuritish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida jamlash manbalari ro‘yxatiga kiritilgan 25 ta tashkilotlarda davlat nazorat tekshiruvlari, 98 ta tashkilotda yalpi o‘rganishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentyabrdagi 597-sonli “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ijtimoiy va mavzuli so‘rovlar Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Viloyatdagi arxivlarga 2023 yil mobaynida 8.677 ta ijtimoiy huquqiy so‘rovlar kelib tushgan bo‘lsa shundan, Davlat xizmati markazlari orqali 5.837 ta, pochta va elektron pochta orqali 925 ta, bevosita arxivga murojaat etganlar soni 1.915 ta so‘rovlarni tashkil etdi.
Boshqarma tizimidagi davlat arxivlarda jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yilda Davlat xizmati markazlari orqali 3.727 ta mavzuli so‘rovlar kelib tushgan.
O‘tgan davr ichida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul rejasiga asosan viloyatdagi barcha tuman davlat arxivlarida 16 ta sayyor qabul o‘tkazildi va sayyor qabulga tashrif buyurgan 138 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.
Davlat arxivlari tomonidan jami 1.370 million so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi va reja ko‘rsatkichi 248 foizga bajarildi. Yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan mavzuli so‘rovlardan 434,0 million so‘mlik pullik xizmat, Davlat arxivlari tomonidan shartnoma asosida hujjatlarni tartibga keltirishdan 694,0 million so‘mlik pullik xizmat va depozitar saqlov hamda boshqa xizmat turlaridan 242,0 million so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi.
34 ta Idoraviy arxivlarda arxiv ishini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida sohaga oid normativ hujjatlar yig‘majildlar nomenklaturasi, ish yuritish yo‘riqnomalari, ekspert komissiyasi nizomlari, idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqarildi va boshqarma qoshidagi ekspert tekshiruv komissiyasi tomonidan kelishilib, idoraviy arxivlarga yordam ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida ishlab chiqiladigan meʼyoriy hujjatlar “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunchilikka mosligini ko‘rib chiqish, xodimlarning ish yurituvini davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikka amal qilish tashkil etildi. Barcha arxiv muassasalarning tashqi va ichki yozuvlarini, ish yuritish hujjatlarini rasmiylashtirishda davlat tili qoidalariga to‘liq rioya etilishini taʼminlandi.
2024 yil - «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilmoqda hamda davlat arxivlarning yillik ish rejalariga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish va badantarbiya vaqti kiritilgan.
Erkaklar uchun mini futbol, yugurish, tosh ko‘tarish, stol tennisi.
Ayollar uchun yugurish, shaxmat shashka, stol tennisi bo‘yicha “Boshqarma kubogi” sport bellashuvlari tashkil etildi.
Guliston davlat universitetining “Tarix” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “ochiq eshiklar kuni” va talabalar tomonidan olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash maqsadida davlat arxivlarida amaliyotlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
Boshqarma qoshida yosh arxivchilar uchun “Zakovat” yoshlar klubi tashkil etildi.
Mamlakatimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryo viloyati arxiv ishi boshqarmasi va uning tizimidagi arxivlarda 354 tup ko‘chat ekildi, shundan 184 tup manzarali, 170 tup mevali ko‘chatlar ekildi.
2024-yilning o‘tgan davrida viloyatdagi davlat arxivlari tomonidan jami 22 ta shundan, 4 ta hujjatlar ko‘rgazmasi, 3 ta radioeshittirish, 5 viloyat va tuman miqyosidagi gazetalarda sohaga oid maqolalar chop etildi, 6 ta teleko‘rsatuvlarda arxiv sohasi yoritildi.
«O‘zarxiv» agentligi va boshqarmaning rasmiy saytlarida, mahalliy ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda maqola, ko‘rsatuvlar, foto, video va boshqa ijodiy ishlar chop etilib borilmoqda.
Jamoatchilikni sohadagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining tarmoqlarida rasmiy veb sayti va rasmiy telegram kanali ijtimoiy tarmoqlarida faoliyat yuritmoqda.
Sirdaryo viloyati arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlari qisqacha statistik ko‘rsatkichlari:
№ |
Topshiriq nomi |
Reja |
Amalda |
Foizda |
|
||||
1. |
Qog‘oz asosidagi hujjatlarning jismoniy saqlovini taʼminlash (taʼmirlash) |
2660 varaq |
2684 varaq |
109,2 |
2. |
Muqovalash va tikish |
2518 varaq |
2635 varaq |
104,6 |
3. |
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish |
690 kadr |
712 kadr |
103,2 |
4. |
Fondlar va hujjatlar hisobi (qabul qilingan hujjatlar) |
4000 s/b |
2884 s/b |
72,1 |
5. |
Yalpi o‘rganish |
15 |
28 |
160 |
6. |
Mavzuli o‘rganish |
15 |
27,0 |
140 |
7. |
Mavzuli so‘rovlar |
475 |
739 |
155,6 |
8. |
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar |
1445 |
1861 |
128,7 |
9. |
Davlat arxivlarini pullik xizmatdan tushgan daromadi |
63,0 mln.so‘m |
110,9 mln.so‘m |
174,0 |
10 |
Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadi |
50,04 mln.so‘m |
227,3 mln.so‘m |
454,8 |