Quyoshliq istasang, kasbi kamol et Kamol ar kasb etarsen, bemalol et

 

“O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Milliy arxivida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlashga oid chora-tadbirlari rejasi hamda Agentlik direktorining 3 fevraldagi 4-AF-son farmoyishiga muvofiq bugun 9 fevral kuni “Quyoshliq istasang kasbu kamol et” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq g‘azalxonlik, she’riyat, mushoira tadbirlari tashkil etildi.
Alisher Navoiy xaqida arixiy manbalarga asoslangan ma’ruzalar, g‘azallarining ilmiy talqini, tahliliy ma’lumotlar va sharhlar berildi.
Adabiy-badiiy tadbirda O‘zbekiston milliy arxivi xodimlari tomonidan sahnalashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, xududlarda davlat arxivlari xodimlari tomonidan “Navoiyni har kim, har kun o‘qish kerak” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Chorlov (chellendj) tadbirlari davom etmoqda.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати