Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich 1962 yil 20 avgustda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan.

U 1980 yilda Urganch temir yo‘llar bilim yurtini muvaffaqiyatli yakunlab, dastlabki mehnat faoliyatini Urganch temir yo‘l vokzalida mashinist yordamchisi sifatida boshlagan. 
O.Ramatov mehnat faoliyati davomida harakatchanligi, tizimli va tartibli ish yuritishi va  tashabbuskorligi bilan hurmat va e’tibor qozonib, Temiryo‘l vaziri o‘rinbosari, Temiryo‘l vaziri kabi mas’ul lavozimlarga loyiq ko‘riladi. 
O.Ramatovning tashabbusi bilan mamlakatimizda so‘ngi 10 yil ichida temiryo‘l sohasida jiddiy islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar  amalga oshirildi. Bir qancha temiryo‘l vokzallarining barpo etilishi, temiryo‘llarning elektrlashishi, yangi temiryo‘l izlarining yotqizilishiga,  Toshkent–Samarqand yo‘nalishida yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan tezyurar “Afrosiyob” poyezdining ishga tushirilishiga o‘z xissasini qo‘shgan. 2013 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати