“Raqamli arxivlar yaratish” o‘quv va ilmiy laboratoriyasini ochish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi





“Raqamli arxivlar yaratish” o‘quv va ilmiy laboratoriyasini ochish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi

“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘ldi.

Dastlab “O‘zarxiv” agentligi vakillari universitetning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari va universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar hamda elektron arxivlar yaratish sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, elektron arxivlarni yaratish sohasida tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida hamkorlikda “Raqamli arxivlar yaratish” o‘quv va ilmiy laboratoriyasini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati