RASMIY MUNOSABAT
Bugun @Otabek telegram kanalida "Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi mutasaddilari soat 10 da boshlanadigan brifingga 49 daqiqa qolganda xabar beribsizlar.." mazmunidagi tanqidiy post "O‘zarxiv" agentligi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Haqiqattan ham Qashqadaryo viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan brifing 2022 yil 20 yanvar kuni soat 10.00 da Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 22-uy, "Jurnalistlar yi" binosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Bu xaqida rasmiy OAVlarga 2022 yil 19 yanvarda xatlar chiqarilgan. ammo shu bilan birga, Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimining aybi bilan mazkur e’lon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga kech joylashtirilgan. shunga ko‘ra xodimga ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshganligi uchun tegishli buyruqqa asosan "XAYFSAN"intizomiy jazo chorasi tayinlandi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.